yan-ga
YAŊA 'akaning xotani’. Zaynabning onasi Mo— hira oyim, opasi Xushroʻybibi va ya n g a s i Hani— fanisolar ham kelishdilar (Abdulla Qodiriy). Qadim-gi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli yäŋgä tarzida talaffuz qilingan (ЭСТЯ, IV, 189), oʻzbek tilida g undoshi talaffuz qilinmaydigan boʻlgan: yäŋgä > yäŋä.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
1 Akaning xotini (uka va sin-gilga nisbatan); kelinoyi. ◆ -Men bilet olib boraman, — deydi akasi bilanyangasiga."Guldasta". ◆ "Yangamning oshini mazali qil-gan akamning masalligʻi", demoqchisiz-da.N. Safarov, „Jasoratning davomi“.
2 Yoshi oʻziga nisbatan katta boʻlgan ayol-ga (oʻzga ayolga) nisbatan qoʻllanadi. ◆ Bugʻdoy-zorda bir koʻring Sanamyanga kuchini."Sharq yulduzi". ◆ Sotuvchi telpakni olib, bir puf-ladi-yu, choʻzdi: -Marhamat. Oling, amaki,yangam quvonadi..S. Siyoyev, „Otliqayol“.
3etn. Nikohning ikkinchi kuni kechasi kelin bilan kuyov xizmatida qoluvchi ikki xotindan biri. ◆ Yangalar kelinni ichkari ki-ritib, toʻy egalari roʻparasiga turgʻizish-di. Soʻzamolyanga marosimni boshladi.R. Rah-monov, „Kelin“. ◆ Yangalar Kumushni qizlarga topshirib ketdilar.A. Qodiriy, „Oʻtgan kun-lar“.
ЯНГА.Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.