Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikilugʻat
Qidiruv

vahima

    Vikilugʻatdan olingan

    Oʻzbekcha (uz)

    [tahrirlash]

    Morfologik va sintaktik xususiyatlari

    [tahrirlash]

    va-hi-ma

    Aytilishi

    [tahrirlash]

    Etimologiyasi

    [tahrirlash]

    Maʼnoviy xususiyatlari

    [tahrirlash]

    Maʼnosi

    [tahrirlash]

    [a. — qoʻrquv, tahlika; xayolot; ruhiy bezovtalik] 1 His-tuygʻu va kayfiyatning buzilishi; qoʻrquv bosish, xavfsirash, yurakni gʻulgʻula bosishi nati-jasida yuzaga keladigan ruhiy holat, qoʻrquv holati, ruhiy bezovtalik.◆  ..kichkina darcha-danvahima bilan moʻralab turgan Bekajonu Toʻlgʻonoyning mungli koʻzlari koʻrinadi.S. Siyoyev, „Avaz“.◆  Onabibi bundan hech xavotir oladigan narsa topmaydi-yu, lekin yana qoʻli ishga bormaydi, koʻnglidanvahima arimaydi.A. Muxtor, „Chinor“.◆  Osmondagi jimir-jimir etib turgan son-sanoqsiz yulduzlarga ti-kilgandagina kishivahimani unutardi.E. Usmonov, „Yolqin“.◆  Serka/yur butun suruvni oʻz orqalaridan ergashtirib, xuddi boʻri quv-ganday,vahima ichida toʻppa-toʻgʻri jarlik-ka qarab chopmoqda edi.S. Anorboyev, „Oqsoy“.

    2 Vahimani qayd etuvchi, vahima bil-diruvchi gap-soʻz, xatti-harakat va sh. k.◆  -Yana nimavahima?— dedi. — Menga ishonmasangiz, mana, Muhammad Sulton janoblaridan soʻ-rang.. fitnachilar bugun kechasi Soʻzangaron darvozasini Boburga ochib bermoqchi emishlar.P. Qodirov, „Yulduzli tunlar“.◆  Hah, hali gap shumi?Vahimangiz bor boʻlsin, odamni qoʻr-qitib yubordingiz-a.K. Yashin, „Hamza“.◆  Hali shunga shunchavahimami?"Mushtum".

    3 Shunday ruhiy holatga soladigan narsa, gap, manzara va sh. k.◆  Oʻrmon qoron-gʻiliginingvahimasi. m Kechagivahima-larni oʻz koʻzlari bilan koʻrgan shohanshohlar bir-birlariga sezdirmay, kechasining oʻzidayoq quyon boʻlib qochib qolgan ekanlar."Ertaklar". ◆ Koʻchalarda askarlar, har yoqdan gʻizillagan harbiy mashinalar koʻp boʻlishiga qaramay, bu yerdan urushning qoravahimasi oz sezi-lardi.Oybek, „Quyosh qoraymas“.

    4 Koʻrinish, tuzilish holati vahimali tuyuluvchi; bahaybat, salobatli.◆  Vahimasi zoʻr. n Qorongʻidavahima boʻlib koʻringan togʻ uncha baland emas ekan.S. Karomatov, „Oltin qum“.◆  Samolyotga yetdik. Ehe, uningvahimasini koʻring.H. Nazir, „Yonar daryo“.

    5 Vahimali gaplarni koʻp gapiradigan, boʻlar-boʻlmasga vahima qiladigan shaxsga nisbatan qoʻllanadi.◆  He,vahima boʻpsan, ukam.S. Anorboyev, „Oqsoy“.

    6ayn vahimali.◆  Buvahima gamarni qayoq-dan topasiz-a, bekam.Mirmuhsin, „Meʼmor“.

    Vahima bosmoq Vahima his-tuygʻusi egallamoq.◆ Vahima bosdi, yuragini qoʻrquv teshib, oyogʻidan mador ketdi."Yoshlik".◆  Univahima bosdi, koʻz oldidan allaqanday pajmurda gavdalar oʻta boshladi.K. Yashin, „Hamza“. Vahima kasalis. t. Oʻzini doim taʼqib yoki xavf ostida sezishdan iborat ruhiy kasallik. Vahima koʻtarmoq Vahimaga tu-shiruvchi ish-harakat, holatni qoʻzgʻamoq. ◆ Pirovardida yigipshr poxomarga oʻt qoʻyib, dushman toʻdasi ichidavahima koʻtardilar.Nazarmat, „Joʻrlar baland sayraydi“. Vahima solmoq Bezovta qiluvchi, vahimali ruhiy holat qoʻzgʻamoq.◆  Atlaqayerdan tun qushining yurakkavahima soluvchi horgʻin nolasi eshi-tilardi. Oʻ.Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“. Vahima tushmoq Ruhiyatida vahima, qoʻrquv hissi qoʻzgʻalmoq.◆  Dushman sarbozlari roʻpa-ralarida qandaydir bir telba.. kimsaga koʻz tashlashib, yuraklarigavahima tushdi.Mirmuhsin, „Meʼmor“. Vahima qilmoq 1) vahima, hayrat holatida boʻlmoq; qoʻrqmoq.◆  ..qozon toʻla etga qarab, "shuncha goʻshtni kim yeydi", degandekvahima qilib oʻtirishar.. edi. K.Yashin, „Hamza“.◆ Vahima qiladigan joyi yoʻq. Arzimagan gap [dedi Hojimat].S. Ahmad, „Qadrdon dalalar; 2) vahima qoʻzgʻatadigan (va-himali) gap-soʻz qilmoq“. [◆  Marasul:] Ahadjon aka, juda qaltis ish-da.. bir chuvingiz chiqsa bormi, bu yogʻingiz — raykom, u yogʻingiz — proku ror-a! [Zargarov:] E,vahima qilaverma!A. Qahhor, „Ogʻriq tishlar“.◆ Vahima qilgan Hojimatga bir oʻqraydi-yu, yana choʻkka tushdi.A. Muxtor, „Boʻronlarda bordek halovat“. Vahimaga tushmoq Vahima, qoʻrquv hissiga berilmoq.◆  Ochil akaning gaplaridan Shermat aka naqvahimaga tusha boshladi.A. Ha-yitmetov, „Shonli avlod“.◆ Vahimaga tushgan qoʻshin birdan oʻzini orqaga tashladi.. P.Qodirov, „Yulduzli tunlar“. Vahimasi uchmoq Oʻta darajada vahimaga tushmoq, qoʻrquv, haya-jon va sh. klan hangu mang boʻlmoq.◆  Chirmanda boʻgʻiq gumburlaydi. Qoʻngʻiroqlarning jaran-gidanvahimang uchadi, goʻyo chirmandani odam chalmaydi, qorongʻi kechada mudhish jar yoqa-sida dev cha^shdi.Oybek, „Tanlangan asarlar“.

    </a>451 gr^

    Sinonimlari

    [tahrirlash]

    Antonimlari

    [tahrirlash]

    ВАҲИМА.Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

    Tarjimalari

    [tahrirlash]

    Ot

    [tahrirlash]

    vahima (koʻplikvahimalar)

    Ruscharu

    vahima
    1
    паника,смятение;боязнь,страх,ужас;опасение,тревога; ◆ vahimaig bor boʻlsin, odamni qoʻrqitib yubording-ku! будь ты неладен, напугал же ты человека!; ◆ vahima kasalligi психическое заболевание, сопровождающееся страхом и тяжёлыми предчувствиями; ◆ vahima gaplar 1) разговоры, сеющие тревогу, наводящие страх, ужас; 2) преувеличение; ◆ uni vahima bosdi он впал в панику; его охватила тревога; ◆ vahimaga kelmoq быть охваченным страхом, ужасом, прийти в ужас, ужасаться; ◆ vahimaga solmoq сильно встревожить (кого-л.); наводить (на кого-л.) страх, ужас; устрашать; ◆ vahimaga tushmoqили ◆ vahima ichida qolmoq быть охваченным тревогой, опасением, страхом; ◆ birovning yuragiga vahima solmoq посеять, возбудить тревогу в ком-либо, наводить страх, ужас на кого-либо; ◆ Qoʻngʻiroqlarning jarangidan vahima uchadi (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») От звона колоколов делается жутко;
    2ложь;преувеличение; ◆ vahima qilmoq 1) выказывать смятение; проявлять тревогу, опасения; встревожиться; 2) создавать панику; паниковать; 3) преувеличивать;* ◆ vahimasi zoʻr odam человек с внушительной внешностью.

    "https://uz.wiktionary.org/w/index.php?title=vahima&oldid=618337" dan olindi
    Turkumlar::

    [8]ページ先頭

    ©2009-2025 Movatter.jp