jins
[a. — tur; xil, nav; kabi
la, millat] 1biol. Jonli organizmlar-ning biologik va jismoniy xususiyatla-riga koʻra ikki (erkak va urgʻochi) turidan biri. ◆ Erkakjinsi. Xotinjinsi. tya Uzaro qarama-qarshi ikkijins dunyoda tiriklik-ni davom ettiradi.T. Qaipbergenov, „Qo-raqalpoqnoma“. ◆ Boʻlajak farzandjinsining oʻgʻil yoki qiz boʻlishi otadagi urugʻ hujayra-si tarkibida boʻladigan ikki xil xromoso-maga bogʻliq.Gazetadan.
2 Tur, nav, xil. ◆ Lirikaning oʻziga xos ada-biyjins sifatidagi tabiati uning janr qiyofasida ham aks etadi."OʻTA". ◆ Baron fon Ring, albatta, eshak emas, balki oriyjins-dan boʻlgan bir zot.A. Qahhor, „Baron fon Ring“.
3 Ijtimoiy guruh, tabaqa. ◆ Jinsiga tortmoq. sht -Ota, bu singlim,— tabassum bilan dedi Yoʻlchi. — Boynikida yashashini maʼ-qul koʻrmadim. -Yaxshi qilibsan: Kabutar bo kabutar,jins bojins.. Toʻgʻri, ular qarin-doshing. Lekin ular seni oʻzjinsiga qoʻshmay-di. Ular puljinsidan.Oybek, „Tanlangan asarlar“.
4geol. Yer qobigʻining maʼlum qatlamini hosil qilgan mineral. ◆ Qoya ostidagi togʻjinslari ming yillar davomida esgan shamol taʼsirida silliqlanib, gʻor shaklida oʻyilgan edi.S. Karomatov, „Oltin qum“. ◆ Nurotadan Tomdibuloqqacha choʻzilgan togʻlardagi togʻjinslarini oʻrganib, u joylarning geologik xaritasini tuzdi.S. Anorboyev, „Oʻzbekiston oltini“.
ЖИНС.Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
jins
1биол.пол; ◆ erkak ~i мужской пол; ◆ xotin ~i женский пол;
2род (родство);
3сословие,общественнаягруппа;среда; ◆ Toʻgʻri, ular qarindoshing, lekin ular seni oʻz ~iga qoʻshmaydi (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») Верно, они твои родственники, но тебя они не примут в свою среду;
4сорт,разновидность,род;
5геол.порода; ◆ togʻ ~lari горные породы; ◆