er-kak
ERKAK er jinsiga mansub. Ertalab erkaklarga osh tortildi. Bu soʻz qadimgi turkiy tilda ’er jinsiga mansub kishi’ maʼnosini anglatgan er soʻzidan -käk qoʻshimchasi bilan yasalgan boʻlib (Devon, Indeks, 432; Devon, I, 135; DS, 179), asli sifat maʼnosini anglatgan, ot maʼnosi keyinchalik yuzaga kelgan: er + käk = erkäk.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
1ayn. er 1, 2. ◆ Erkak jinsi.
- Erkaklar kostyumi, yat ◆ Doya kelgandan soʻng, ichkari hovlierkak zotidan tozalandi. A.
- Qodiriy, Oʻtgan kunlar. ◆ Bilmadim, xotin tortingani uchunerkak tegishgisi kelmadimi,erkak tegishadigan boʻlgani uchun xotin tortinadimi?A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“.
2 Er jinsidagi hayvon, jonivor. ◆ Erkak mushuk.Erkak qoʻy.Erkak gʻoz. ◆ Xotinim qiz tugʻdi, deb xafa boʻlma, sherningerkak va urgʻochisi baravar."Yoshlik".
- Erkak novda Mevali daraxt, oʻsimlikning yaxshi hosil bermaydigan, hosilga yaroqsiz novdasi. ◆ Ensasi qotib, uzun birerkak novdani shartta qaychilab, shiddat bilan sugʻurib oldi. Shu behosil novda Sobir toʻnkaga oʻxshab ketdi.Shuhrat, „Jannat qidirganlar“. Erkak sabzi oʻzagi yogʻochday qotgan, ishlatishga deyarli yaroqsiz sabzi; erkaklagan sabzi. ◆ -Puli bor-ku yeydi, puli yoʻqchi, — baland ovoz bilan soʻradi,erkak sabziga oʻxshagan bir eski chopon.K. Yashin, „Hamza“. Erkak supurgiilv. Yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimlik va undan tayyorlanadigan dagʻal supurgi.
ЭРКАК.Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
erkak (koʻplikerkaklar)
erkak
1мужчина; //мужской; ◆ ~lar kostyumi мужской костюм; ◆ ~ jinsi мужской пол; ◆ ~-ayol мужчины и женщины;
2самец;особьмужскогопола; ◆ ~ gʻoz гусак; ◆ ~ oʻrdak селезень; ◆
- ~ gulбот. пустоцвет; ◆ ~ sabzi одеревеневшая морковь.