dush-man
Forschadan دُشْمَن -yog‘iy,yov;muxolif;badxoh.
- Dunyoqarashi, manfaatlari, xatti-harakati bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan, oʻzaro gʻanim, raqib sifatidagi tomonlarning har biri. ◆ Gʻoyaviydushman. Doʻst achitib gapiradi,dushman —kuldirib.Maqol. ◆ Tikan zahri uchida,dushman zahri ichida.Maqol. ◆ Dushmanning katta-kichigi boʻlmaydi.Maqol. n ◆ Bular [Sharq muta-fakkirlari] zulm-zulmat, adolatsizlik, jaholat, xurofotning ashaddiydushmani edilar.K. Yashin, „Hamza“.
- harb. Urushda oʻzaro biri ikkinchisi bilan jang qiluvchi, bir-biriga qarshi urush eʼlon qilgan tomonlardan har biri; yov. ◆ Dushman bilan boʻladigan janglarda qoʻrqoqlik qilmanglar."Hadis"dan. ◆ Polk mudofaa qilib yotgan rayon ustidadushmanning necha yuzlab samolyoti behisob bomba yogʻdirdi.A. Qahhor, „Oltin yulduz“.
- koʻchma Insonga va umuman biror narsaga zarar keltiruvchi kimsa, narsa, hodisa. ◆ Yovvoyi oʻt — hosilningdushmani. Jahl —dushman, aql doʻst.Maqol. ◆ Soʻnggi pushaymon — oʻzinggadushman.Maqol. n ◆ Otabek ichkilikdan qattiq hazar qilar va bu kungacha mayni oʻzigadushman kabi koʻrib kelar edi.A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ ◆ ..tushkunlik — eng yomon dushman.F. Musajonov, „Himmat“
yog‘iy,raqib,gʻanim.
ДУШМАН.Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.