'Okeaniya' — Tinch okeanning marka-ziy va gʻarbiy qismlaridagi orollar toʻdasi. 28°25’ sh.k. bilan 52°30’ j.k.lar va 130° shq. u. bilan 105° gʻ.u.lar oraligʻida. Gʻarbiy qismiAvstraliya va Malay arxipelagiga yondosh. O.Avstraliya bilan bir qitʼa hisoblanadi. Orollarning umumiy mayd. 1,26 mln. km2, shuning 80%Yangi Gvineya vaYangi Zelandiya o.lariga toʻgʻri keladi.
Tabiati. O.ni, odatda, 3 qismga boʻladilar: Melaneziya, Mikroneziya va Polineziya. Orollar suv osti tizmalari yoki marzalarining tepalaridir. Avstraliyaga yaqin joylashgan yirik orollar (Melaneziya, Yangi Zelandiya) esa materik orollar. Vulkan orollariga Gavayi,Samoa, Markiz, Jamiyat, Kuk, Tubuai o.lari, Pasxa o. va b. kiradi. O.ning eng baland nuqtasi (Jaya togʻi, 5029 m) Yangi Gvineyaning shim.-gʻarbida joylashgan. Gʻarbiy Mikroneziya, Melaneziya vaYangi Zelandiya o.larining yer yuzasi togʻlik.