Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikiiqtibos
Qidiruv

Xudo

Vikiiqtibosdan olingan
Wikipedia
Wikipedia
Vikipediyada tegishli maqola bor:
Vikilugʻatda
Vikilugʻatda
VikilugʻatdaXudo nomli sahifa mavjud.

Xudo (forscha: خدا) — diniy sigʻinish va eʼtiqod qilishning obyekti sifatida namoyon boʻladigan ilohiy kuch; azaliylik va abadiylik, yaratuvchilik timsoli.

Iqtiboslar

[tahrirlash]

A

[tahrirlash]
  • Agar Xudo mavjud boʻlsa,umid qilamanki, uzrli sababi bor. (Woody Allen)
  • Anʼanaviy dinlar Xudoni qasoskor kimsa oʻlaroq taʼriflashadi, lekin odamlar shunday kimsani sevish kerakligi haqida gapirishadi. (P. T. Barnum)
  • Avvalboshda Olam yaratildi. Bu koʻp odamlarnigʻazablantirib, yomon ish, deya baholandi. (Douglas Adams)

B

[tahrirlash]
  • Balki bizning shu sayyoradagi vazifamiz Xudoga sigʻinish emas, balki uni yaratishdir. (Arthur C. Clarke)
  • Bitta odamni oʻldir — va sen qotilsan. Millionlarni oʻldir — va sen hukmdorsan. Hammani oʻldir — va sen Xudosan. (Jean Rostand)

D

[tahrirlash]
  • Dinning hech qachon qotillik bilanmuammosi boʻlmagan. Umuman. Xudo nomiga oʻlidirlgan odamlar soni boshqa sabab bilan boʻlgan oʻldirilganlar sonidan koʻproqdir. (George Carlin)

K

[tahrirlash]
  • Kulishni bilmaydigan Xudo bundayin kulguli olamni yarata olmasdi. (Shri Aurobindo)

M

[tahrirlash]
  • Men Spinoza'ning Xudosiga, oʻzini olam garmoniyasida namoyon qiluvchi Xudoga ishonaman; aslo odamzod taqdiri va qilmishlari bilan bezovta xudoga emas. (Albert Einstein)

O

[tahrirlash]
  • Odamlar oʻzlaridan yuksakroq xudoni oʻylab topisha olmagan. Koʻp xudolar ahloqsiz va buzilgan bolaga oʻxshab ketishadi. (Robert A. Heinlein)
  • Odam Xudo xatosimi? Yoki Xudo odam xatosi? (Friedrich Nietzsche)

V

[tahrirlash]
  • Voltaire gapini teskari qilib aytamanki, agar Xudo boʻlganida edi, uni yoʻqotish zarur boʻlur edi. (Mixail Bakunin)

X

[tahrirlash]
  • Xudo boʻlmaganida edi, uni toʻqib chiqarish zarur boʻlur edi. (Voltaire)
  • Xudoning essensiyasi va mavjudligi bir narsadir. (Abu Ali ibn Sino)
  • Xudo odam yelkasiga u qila olmaydigan ish ortmaydi. (Muhammad Ali)
  • Xudo oldida hammamiz birdekdono va birdek nodonmiz. (Albert Einstein)
  • Xudo yo zolim, yoki layoqatsizdir. (Woody Allen)
  • Xudo oʻldi: biroq, odamzotning hozirgi ahvoliga koʻra, U paydo boʻlib turuvchi gʻorlar hali boʻlgusi. (Friedrich Nietzsche)
"https://uz.wikiquote.org/w/index.php?title=Xudo&oldid=9139" dan olindi
Turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp