Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Ziyodin

Koordinatalari:40°2′3″N65°39′17″E / 40.03417°N 65.65472°E /40.03417; 65.65472
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ziyodin
shahar
40°2′3″N65°39′17″E / 40.03417°N 65.65472°E /40.03417; 65.65472
MamlakatOʻzbekiston
viloyatSamarqand viloyati
tumanPaxtachi tumani
Aholisi
11 610
Vaqt mintaqasiUTC+5
Ziyodin xaritada
Ziyodin
Ziyodin
Ziyodin xaritada
Ziyodin
Ziyodin

Ziyovuddin —Samarqand viloyatidagi shaharcha (1972-yildan).Paxtachi tumani markazi (1973-yildan). Tumanning oʻrta qismida, Toshkent togʻining shimoli-sharqiy etagida, qariyb 400 m balandlikda. Temir yoʻl stansiyasi — Ziyovuddin. Ziyovuddindan Samarqandgacha boʻlgan masofa 135 km. Aholisi 11,6 ming kishi (2000).

Buxoro amirligi davrida hozirgi Ziyovuddindan 15 km sharqda Ziyovuddin qalʼasi (Ziyovuddin bekligi qarorgohi), 5 km shimoli-sharqda Buvi Ziyovuddiniy qishlogʻi boʻlgan (nomi shundan). 1894-yil Ziyovuddin qalʼasidan 15 km gʻarbda (Ziyovuddin oʻrnida) temir yoʻl stansiyasi qurilgan va oʻsha yili 15 maydan poyezd qatnay boshlagan. Ziyovuddinda paxta tozalash, sut, tosh-shagʻal, gʻisht, asfalt zavodlari, non kombinati, temir yoʻl transporti korxonalari bor. Ziyovuddindan Samarqand, Nurobod, Oqtosh, Navoiy sh. lariga avtobus qatnaydi. Bank boʻlimlari, dehqon bozori, 5 ta kutubxona (67,8 ming kitobga ega), markaziy stadion, „Paxtachi goʻzali“ univermagi, dorixona, „Paxtachi“ restorani, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, suv minorasi (1894-yil qurilgan), oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Ziyovuddin umumiy taʼlim maktabida 2700 nafarga yaqin oʻquvchi taʼlim oladi (2002). Bolalar musiqa maktabi, bolalar sanʼat maktabi bor. „Oq oltin“ ansambli faoliyat koʻrsatadi. Ziyovuddinda Xotira xiyoboni barpo etilgan.[1]

Poytaxt
Shaharlar
Markazi:Samarqand
Tuman va markazlari

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Oʻzbekiston geografiyasiOʻzbekiston geografiyasiga oid ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Ziyodin&oldid=3874670" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp