Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Zidane Aamar Iqbal[1] | ||
Tavallud sanasi | 27-aprel2003-yil (2003-04-27) (22 yosh) | ||
Tavallud joyi | Manchester, Angilya | ||
Boʻyi | 1.81 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Manchester United | ||
Raqami | 55 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2007–2012 | Sale United | ||
2012– | Manchester United | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2021– | Manchester United | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2021– | Iroq U23 | ||
2022– | Iroq | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (4-oktyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (22-fevral uchun) |
Zidane Aamar Iqbal (2003-yil 27-aprelda tugʻilgan) — professionalfutbolchi, Premyer-liganing “Manchester United” klubiyarim himoyachisi. Iqbal Angliyada tug'ilgan, Iroq terma jamoasi vakili hisoblanadi.
Manchesterda tug'ilgan Iqbal to'qqiz yoshida "Manchester United" yoshlar tizimiga qo'shildi. U 2021-yilning dekabridaUEFA Chempionlar ligasi o'yinida asosiy jamoa safida debyut qilgan. Iqbal 2022-yil yanvar oyida katta xalqaro debyutini o'tkazgunga qadar Iroqni 23 yoshgacha bo'lganlar darajasida himoya qilgan.
Manchester shahrida, pokistonlik otasi va iroqlik onasining xonadonida tug'ilgan. Iqbal to'rt yoshidan mahalliy "Sale United" jamoasida o'ynagan va to'qqiz yoshida"Manchester United" ga qo'shilgan[2].
Iqbal “Manchester United” bilan ilk professional shartnomasini 2021-yilning aprelida imzolagan[3][4]. U 2021-yilning 8-dekabrida “Young Boys” ga qarshiChempionlar ligasi o‘yinida 89-daqiqada o‘rinbosar sifatida “Manchester United” safidagi debyutini o‘tkazdi[5]. Shunday qilib, u klubda o'ynagan birinchi Britaniyada tug'ilgan janubiy osiyolik va Chempionlar ligasida o'ynagan birinchi britaniyalik (janubiy osiyolik) bo'ldi[6][7].
IqbalAngliya, Iroq va Pokistonni xalqaro miqyosda himoya qilish huquqiga ega[8].
2021-yil may oyida u Iroq pasportini oldi va Iroqni xalqaro yoshlar darajasida himoya qildi[9][10]. 2021-yil iyun oyida u 20 yoshgacha bo'lgan Iroq terma jamoasiga 2021-yilgi Arab Kubogi U-20 uchun chaqirilgan. AmmoCOVID-19 pandemiyasi tufayli unga “Manchester United” ruhsat bermagan[11].
Iqbal ko'p qobiliyatli yarim himoyachi va juda ko'p qirrali futbolchi hisoblanadi. Uning asosiy pozitsiyasi markaziy yarim himoyachi bo'lib, u ilgari himoyachi va hujumkor yarim himoyachi sifatida o'ynagan[12].
Iqbal futbol assotsiatsiyasidagi oz sonli britaniyalik osiyoliklardan biri sifatida 2021-yilda Janubiy Osiyo merosi oyini qoʻllab-quvvatlash uchun FA kontent seriyasining bir qismi sifatida etirof etilgan[13].
Klub | Mavsum | Liga | Angliya kubogi | EFL kubogi | Yevropa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Boʻlim | Oʻyinlar | Goʻllar | Oʻyinlar | Goʻllar | Oʻyinlar | Goʻllar | Oʻyinlar | Goʻllar | Oʻyinlar | Goʻllar | Oʻyinlar | Goʻllar | ||
Manchester United U21 | 2021–22 | — | — | — | — | — | 3 | 1 | 3 | 1 | ||||
2022–23 | — | — | — | — | — | 2 | 0 | 2 | 0 | |||||
Jami | — | — | — | — | 5 | 1 | 5 | 1 | ||||||
Manchester United | 2021–22 | Premyer-liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 1 | 0 | |
2022–23 | Premyer-liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | ||
Jami | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 1 | 0 | |||
Umumiy faoliyat | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 5 | 1 | 6 | 1 |
Milliy terma jamoa | Yil | O'yinlar | Go'llar |
---|---|---|---|
Iroq | 2022 | 2 | 0 |
Jami | 2 | 0 |