Zargarlik (Forscha: "Zargar" - "Oltin bilan ishlovchi ishchi") —badiiyhunarmandlik soxasi;oltin,kumush,mis,qalay kabirangli metallardanzeb-ziynat buyumlari (taqinchoqlar),bezak buyumlari yasash kasbi. Zargarlar bezak buyumlari tayyorlashda qo'yish,bolgʻalab (zarb berib) yasash,hallash (oltin va kumush suvi yuritish),oʻyib yokiboʻrttirib naqsh yasash,bosma,zigʻirak,sovotkori,qolipaki,shabaka kabi usullardan keng foydalanadi.Qimmatbaho toshlar (gavhar,feruza,dur, hatsik va boshqalar)ga ishlov berib, Zargarlik buyumlari (bargak,bibishak,bilaguzuk,bozuband, bozgardon,boldoq,buloqi,boʻyintumor,gajak,duotuzi,jevak,jigʻa,zarkokil, zebigarAlisher Navoiyning "Xamsa"asariga ishlanganzarvaraq (Hirot,1492—1493 yillar;xattotSultonali Mashhadiy,muzahhib Mavlono Yoriy.Sankt-Peterburg Davlat xalq kutubxonasiqoʻlyozmalar fondida saqlanadi).
Tillaqosh (Toshkent, 1880-yil);Dalvarzintepadan topilganboʻyin taqinchogʻi (pektoral,mil. av. I asr) don,zulf,isirgʻa,kokil,oyboldoq,osmatuzi, sanchok,tavq,tillabargak, tilla tuzi, tillaqosh,turunj,
yaratilgan.
Arxeologik topilmalar zargarlik qadimdan mavjudligini koʻrsatadi.Qadimgi Misr,Yunoniston,Eron,Xitoy zargarlari zargarlik buyumlari tayyorlashdamarjon,nefrit,kahrabo va boshqalardan keng foydalangan.Yevropada, ayniqsa,roman vagotika davrida (XII asr—XV asrlar) zargarliksanʼati yuksak pogʻonaga koʻtarilgan, zargarlikning yangi usul vauslublari vujudga kelgan.Oʻzbekiston Respublikasining koʻpginamuzeylarida saqlanayotgan topilmalar respublika hududida (Yunon-Baqtriya podsholigi,mil. av. III—II asr;Qadimgi Xorazm, asosan, mil. av. I ming yillik oʻrtalaridan Xorazmda zargarlarning obrosi bo'lgan va hurmat qilingan) Zargarlik rivoj topganini koʻrsatadi.Buxoro,Samarqand,Toshkent,Xiva,Qoʻqon,Shahrisabz va boshqashaharlarda zargarlikrivojlangan.XIX asr oxiriXX asr boshida oʻziga xos ishlanishi, shakli, bezaklari,xususiyatlari bilan bir-biridan farq qilgan xilma-xil zargarlik buyumlari keng tarqalgan, ziynat buyumlari toʻplamlari vujudga kelgan. Asrlar oshaavloddan avlodga oʻtib kelayotgan zargarlik sanʼatiXX asr boshlaridainqirozga yuz tutdi,xalqustalarining soni qisqara boshladi. Ustalarga qimmatbahoxom ashyolardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmadi. Zargarlik fkalaridaijod qilgan usta zargarlar ishjarayonida asta-sekinlik bilan mavjudanʼanalardan yiroqlasha bordilar. Natijada ular tomonidan ishlab chiqarilgan buyumlarning shakl-shamoyili oʻzgarib "eklektik" manzarani yuzaga keltirdi va baʼzi anʼanalarni butkul yoʻqolishiga olib keddi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng zargarlik sanʼati jonlandi. Qimmatbaho metall materiallardan foydalanishga imkon yaratildi.
Ijod qilayotgan ustalar, asosan, 2 yoʻnalishda: mahalliy zargarlik unutilib borayotgan, anʼanalarni qayta tiklash va anʼanaviy zamonaviy uslubda zargarlik buyumlari yaratish ustida ijod qilmoqdalar. Anʼanaviy zargarlik buyumlari —tumorlar, isirgʻalardan "uch koʻzacha", "oyboldoq", "er bidor", "qashqarboldoq" va b. yaratildi. UstalardanDadamuhamedovlarsulolasi, G. Yoʻldosheva, R. Muhametshin, M. Nozirxonov, Sh. Nizomov, I. Olimov, G. Tosheva va boshqalar zargarlik anʼanalarini oʻrganish, rivojlantirish va yangi yoʻnalishlarni kashf etish borasida qator ishlarni amalga oshirdilar. Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va boshqa zargarlik maktablarning ayrim chizgilari birbiriga uygunlashtirilib, yangi zamonaviy zargarlik buyumlari yaratilmoqda. A. Ulumbekovaning "Ayol" (1998), "Afrika" (1999), "Baliqcha" (1999); E. Gostevning "Parvoz" (1998) asarlari, R. Muhametshin ijodiy namunalari ("Hayot daraxti", 1993; Bilaguzuklar: ilon shaklidagi bilaguzuk (Baqtriya, mil. av. III asr);soatli bilaguzuk (XX asr).
"Togʻ irmogʻi", (2001) oʻzining bezakdorligi, tasvirining nozikligi hamda xalq sanʼatining mumtoz na'munalari asosida yaratilishi bilan farqlanadi. Hozirgi kunda usta — zargarlar bilan bir qatorda bir necha birlashmalar — "Fonon" va "Kumush" birlashmasi, "Hyp" davlat zargarlik markazi, "Musavvir", "Usta zoda" kabi markazlar ham ichki bozorni Z. buyumlari bilan toʻldirmoqda. Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasining tashabbusi bilan Toshkentda2001-yilaprelda "Zargarlik — 2000", 2002-yil aprelda "Zargarlik — 2002" xalqarokoʻrgazmalari namoyishi oʻtkazildi. Ushbu koʻrgazmada koʻpgina davlatlarning zargar ustalari oʻz asarlari bilan qatnashdi (yana qarangZargarlik sanoati); 2) bozorda zargar ustalarning doʻkonlari joylashgan rasta yoki mahalla. Ad.: Faxretdinova D. A., Yuvelirnoye iskusstvo Oʻzbekistana, T., 1988.[1]
![]() | Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak. |