Z (zed) avlod, shuningdek, xalq tilidazumerlar[1][2] deya ataluvchiMillennials avloddan keyingi, Alfa avloddan oldingidemografikkogorta. Tadqiqotchilar hamda mashhurommaviy axborot vositalari ushbu atamani XX asr 90-yillarining oʻrtalaridan 2010-yillarning dastlabki qismigacha boʻlgan davrda dunyoga kelgan avlod vakillari uchun qoʻllashadi. Zed avlodning aksariyat qismiX (iks) avlod vakillarining farzandlari hisoblanishadi[3].
Yoshligidanoqinternet va portativraqamli texnologiyalar muhitida ulgʻaygan dastlabkiavlod sifatida tariflanuvchi „zumerlar“ raqamli savodxonlikka ega boʻlmasalarda, „internet avlodi“, deb ham atalishadi[4][5][6]. Qolaversa,ekran vaqti keltirib chiqaruvchi salbiy taʼsirlari yosh bolalarga qaraganda zumer oʻsmirlarda koʻproq namoyon boʻladi[7]. Oldingi avlodlar bilan solishtirganda, baʼzi rivojlangan mamlakatlarda Z avlod vakillari, odatda yaxshi xulq-atvorli, beparvo shaxslar boʻlib, xavf-xatar va tavakkalarni unchalik xush koʻrmaydilar[8]. Zumerlar oʻz yoshlariga nisbatan, oʻzlaridan avvalgi avlodlar vakillariga qaraganda sekinroq yashashga moyildirlar[9][10].
Ushbu avlod vakillarida oʻsmirlik davridagihomiladorlik vaspirtli ichimliklar isteʼmol qilish koʻrsatkichlari quyi avlod vakillariga nisbatan kamroq darajada qayd etilgan[11]. Biroq,psixofaol dorilar qabul qilish holatlari haqida bunday deyish mushkuldir[12][13]. Zed avlod oʻsmirlari oʻtmishdoshlariga qaraganda akademik muvaffaqiyatlar va mehnat istiqbollari haqida koʻproq tashvishlanadilar[8][9]. Ushbu xavotirlarga qaramay, ular 1960-yillardagi hamkasblariga qaraganda mamnuniyat hissidan koʻproq qoniqish hosil qilishadi[14]. Oʻsmirlar orasida bu kabi qilmishlari qanday oqibatlarga olib kelishini tushunmagan holda amalga oshiriluvchiseksting – mobil telefon orqali shahvoniy suratlar yoki xabarlarni yuborish harakatlari koʻpaydi[15]. Shu bilan birga, oʻsmirlar submadaniyatlari, garchi butunlay yoʻqolmagan boʻlsada moʻtadillasha boshladi[16][17].
Qiz bolalardabalogʻatga yetish davrining oʻrtacha yosh koʻrsatgichi, global miqyosda, 20-asrga nisbatan[18][19] ancha qisqargani ularning farovonligi va kelajagiga taʼsir qilgani haqida dalillar mavjud[18][20][21][22]. Bundan tashqari, zed avlod oʻsmirlaridaallergiya[23][24] varuhiy salomatlik bilan bogʻliq muammolar hamda bu kabi holatlar boʻyicha kelib tushgan murojaatlar soni anchagina yuqori koʻrsatgichlarga ega[8][25][26][27]. Shuningdek, zumerlarda uyqusizlik kasalligi bilan bogʻliq muammolar ham keng kuzatiladi[5][28][29]. Koʻpgina mamlakatlarda Zed avlodning yosh vakillariga oldingi avlod kishilariga qaraganda koʻproqaqliy zaiflik vapsixiatrik kasalliklar boʻyicha tashxis qoʻyiladi[30][31].
Butun dunyo boʻylab zed avlod vakillari elektron qurilmalarga koʻproq vaqt sarflaganlari uchunkitob mutolaa qilishdan uzilib qolishmoqda[32][33][34]. Ushbu jarayon oqibatlari ularningdiqqat oralig'i (chalgʻishdan oldin bir vazifaga diqqatni jamlash uchun sarflangan vaqt miqdori)ga[35][36] soʻz boyligiga[37] va maktab baholariga[38], shuningdek, zamonaviy iqtisodiyotdagi kelajaklariga salbiy taʼsir keltirib chiqaradi[32]. 2000—2010-yillardaosiyolikpedagoglar odatda eng yaxshitalabalarni qidirib, ularni ragʻbatlantirgan boʻlsalar,Gʻarbiy Yevropa vaQoʻshma Shtatlarda asosiy eʼtibor past koʻrsatkichlarga qaratildi[39].
Ushbu atamaning qachon oʻrnashib qolganligini aniqlash uchun ilmiy jarayon mavjud boʻlmasa-da, maʼlum impulslar Gen Z qisqartmasidan oldin paydo boʻlganligiga ishora qilmoqda. Zed avlod atamasiX (iks) avlod boshlab berganalifbo tartibini davom ettiruvchiY (igrik) avlod (Millennials)dan keyingi davr vakillari uchun qoʻllanadi[40][41].
Ushbu atamaning alternativ variantlari sifatida taklif qilingan nomlar orasidaAyJenereyshn(iGeneration)[42],Vatan avlodi(Homeland Generation),Net Jen(Net Gen)[42],Dijital Neytivs (Digital Natives)[42],Neo-Dijital Neytivs (Neo-Digital Natives)[43][44],Plyuralist avlod (Pluralist Generation)[42],Internet avlodi (Internet Generation)[45],Senteniyels (Centennials)[46] vaPost-Millennials[47] kabi atamalar mavjud.Internet avlodi atamasi ushbu avlodinternet ommaviy ravishda qabul qilingandan keyingi davrda tugʻilgan shaxslarga ishora qiladi[45].
Psixologiya boʻyichaprofessor va bir qancha kitoblarmuallifiJean Twenge (talaffuzi: Jan Tvenj)iGeneration (yokiqisqacha iGen (AyJen)) atamasini qoʻllagan dastlabki shaxs boʻlgan. Ushbu atamani oʻzining 2006-yilgi Millennials haqidagiGeneration Me kitobining sarlavhasi sifatida ishlatmoqchi boʻlgan. Biroq, bu harakatAtria Publishing Group nashriyoti tomonidan bekor qilinadi. Oʻsha paytlardaiPod vaiMac kompyuterlari bor edi, biroq, haliiPhone vaiPadlar mavjud boʻlmagan. Keyinchalik, Twenge ushbu atamani 2017-yilgiiGen kitobi uchun ishlatgan. Bu nom 2009-yilda demograf Cheryl Russell (talaffuzi: Sheril Rassell) tomonidan yaratilganiiGen kitobida tasdiqlangan[42].
↑Turner, Anthony (2015). „Generation Z: Technology And Social Interest“.Journal of Individual Psychology. 71-jild, № 2. 103–113-bet.doi:10.1353/jip.2015.0021.
↑Adelantado-Renau, Mireia; Moliner-Urdiales, Diego; et al. (September 23, 2019). „Association Between Screen Media Use and Academic Performance Among Children and Adolescents: A Systematic Review and Meta-analysis“.JAMA Pediatrics. 173-jild, № 11. American Medical Association. 1058–1067-bet.doi:10.1001/jamapediatrics.2019.3176.PMC6764013.PMID31545344.
↑Del Rey, Rosario; Ojeda, Mónica; Casas, José A.; Mora-Merchán, Joaquín A.; Elipe, Paz (August 21, 2019). Rey, Lourdes (muh.). „Sexting Among Adolescents: The Emotional Impact and Influence of the Need for Popularity“.Frontiers in Psychology. 10-jild, № 1828. 1828-bet.doi:10.3389/fpsyg.2019.01828.PMC6712510.PMID31496968.
↑Eckert-Lind, Camilla; Busch, Alexander S.; Petersen, Jørgen H.; Biro, Frank M.; Butler, Gary; Bräuner, Elvira V.; Juul, Anders (2020). „Worldwide Secular Trends in Age at Pubertal Onset Assessed by Breast Development Among Girls: A Systematic Review and Meta-analysis“.JAMA Pediatrics. 174-jild, № 4. American Medical Association. e195881-bet.doi:10.1001/jamapediatrics.2019.5881.PMC7042934.PMID32040143.
↑„Meet Generation Z“. CBS News. — „Generation Z is also hugely synonymous with technology because Centennials grew up in the era of smartphones. In fact, most of today's youth can't even remember a time before social media.“. Qaraldi: 2021-yil 15-yanvar.