Yuta —AQShning gʻarbiy qismidagi shtat. Maydon 219,9 ming km². Aholisi 2,31 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi —Solt Leyk Siti (Salt Lake City) shahri.AQSh ittifogʻiga 4-yanvar 1896-yilda kirgan. Hududining katta qismini togʻ tizmalari (eng baland joyi 4123 m) va chuqur daralar bilan kesilganchoʻllandshaftliyassitogʻlik egallaydi. SharqdaQoyali togʻlarga tutashib ketgan. Yanvarning oʻrtacha harorati -2° dan -4° gacha, iyulniki 17-20°. Yillik yogʻin 250-400 mm. Asosiy daryosi —Kolorado.Koʻl koʻp; eng yirigi —Katta Shoʻr koʻl. Aholi, asosan,vohalarda yashaydi. Xoʻjaligidakonchilik vaqishloq xoʻjaligi yetakchi. Yuta mahsulotlarining 75%nichorvachilik beradi. Sugʻoriladigan yerlardaqand lavlagi,sabzavotlar yetishtiriladi. Foydali qazilmalardanneft,tabiiy gaz,toshkoʻmir,mis,polimetallar,oltin,temir vauran rudalari qazib olinadi. Asosiy sanoat tarmoqlari: rangli vaqora metallurgiya.Neftni qayta ishlash,kimyo,oziq-ovqat,radioelektronika sanoati korxonalari mavjud.Raketa,qishloq xoʻjaligi jihozlari ishlab chiqariladi.[1]
- ↑OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
 AQSh maʼmuriy boʻlinishi |
|---|
| Shtatlar | |
|---|
| Federal okrug | |
|---|
| Orol hududlari | |
|---|