Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Yevro

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Evro
Euro
ISO 4217:EUR
Davlat nomi:YevropaYevropa Ittifoqi
Simvol:

Yevro yokiEuro –Yevropa Ittifoqi tarkibidagi Yevropa iqtisodiy va pul hamjamiyati aʼzolarining pul birligi. Xalqaro ifodasi Yevropa Ittifoqi1999-yil 1-yanvardan muomalaga chiqarilgan. 1 Yevro=100sent.1999-yili 1-yanvardan2002-yil 1-yanvarga qadar Yevro naqd pulsiz toʻlovlarda ishlatildi, Yevro bilan bir qatorda bu mamlakatlarning milliy pul birliklari ham muomalada yurdi. Yevro muomalaga kiritilishi bilan ilgari shu mamlakatlar oʻrtasida xalqaro toʻlovlarda foydalanilgan ekyu muomaladan chiqarildi va ular ekyuning soʻnggi qiymati (1998-yil 31-yanvar holati) boʻyicha Yevroga tengma-teng almashtirildi.

Ayni paytda milliy pul birliklarining Yevroga nisbatan valyuta kurslari ham belgilandi (mas, 1 Yevro = 1,95583 nemis markasi; 1 Yevro = 1936,27 italyan lirasi; 1 Yevro = 200,482 portugal eskudosi va boshqalari; 1998, 31-dekabr).

2002-yil 1-yanvardan 5,10, 20, 50, 100, 200, 500 Yevro qogʻoz banknotlari, 1,2 Yevro va 1, 2, 5, 10, 20, 50 sentli tangalar muomalaga kiritildi (Yevropa iqtisodiy va pul hamjamiyatiga aʼzo mamlakatlarning eski milliy pul birliklari muo- malasi toʻxtatildi). Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSh dollari = 0.78 Yevro, Oʻzbekiston Respublikasi milliy pul birligi – soʻmga nisbatan 1 Yevro = 2631 soʻm 82 tiyin (2013-yilaprel)[1].

Ushbu davlatlarning pul birligi Yevro

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Yevro 2015

Rasman pul birligi

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Avstriya bayrogʻiAvstriya
  2. Belgiya bayrogʻiBelgiya
  3. Estoniya bayrogʻiEstoniya
  4. Finlandiya bayrogʻiFinlandiya
  5. Fransiya bayrogʻiFransiya
  6. Yunoniston bayrogʻiGretsiya
  7. Irlandiya bayrogʻiIrlandiya
  8. Ispaniya bayrogʻiIspaniya
  9. Italiya bayrogʻiItaliya
  10. Kipr bayrogʻiKipr
  11. Latviya bayrogʻiLatviya
  12. Litva bayrogʻiLitva
  13. Lyuksemburg bayrogʻiLyuksemburg
  14. Malta bayrogʻiMalta
  15. Niderlandlar bayrogʻiNiderlandiya
  16. Olmoniya bayrogʻiOlmoniya
  17. Slovakiya bayrogʻiSlovakiya
  18. Sloveniya bayrogʻiSloveniya
  19. Portugaliya bayrogʻiPortugaliya
  20. Xorvatiya bayrogʻiXorvatiya

Yevropa Ittifoqi hududidan tashqarida boʻlgan davlatlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Andorra bayrogʻiAndorra
  2. Monako bayrogʻiMonako
  3. San Marino bayrogʻiSan Marino
  4. Vatikan shahri bayrogʻiVatikan

Yevroni norasman qabul qilgan davlatlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Stub ikonaValyuta haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Muomalada
Muomaladan chiqqan
* Tan olinmagan yoki qisman tan olingan davlatlar
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Yevro&oldid=5398150" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp