Yengil atletika —sportning eng ommaviy turlaridan biri; turli masofalarga yugurish,sportcha yurish, balandlikka sakrash, uzunlikka, uch hatlab sakrash, langarchoʻp bilan sakrash, nayza uloqtirish, lappak, bosqon, yadro irgʻitish,koʻpkurash (oʻnkurash, yettikurash) mashqlarini oʻz ichiga oladi. Yengil atletikada 50 dan ziyod mashq bor, ulardan 48 tasiOlimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan (2000-yilgiSidney Olimpiadasida erkaklar Yengil atletikaning 23, ayollar 20 turida musobaqalashishdi). Bundan tashqari, Yengil atletika zamonaviy beshkurash vatriatlon sport turlarining bir mashqini tashkil etadi, barcha sport turlarining mashgulot, taʼlim muassasalarining oʻquv, harbiy-tayyorgarlik, salomatlik mashqlari, oʻquvchi-yoshlarning„Alpomish“ va „Barchinoy“ sport sinovlari dasturidan joy olgan.Gomerning„Iliada“,Ibn Sinoning„Tib qonunlari“ va boshqa kitoblarda Yengil atletika mashqlariga oid maʼlumotlar uchraydi. QadimiyOlimpiada oʻyinlarida (mil. av. 776-yildan mil.avv. 394-yilgacha) asosan Yengil atletika boʻyicha musobaqalar uyushtirilgan. Zamonaviy Yengil atletikaning rivojlanishida 19-asrdaAngliyada (1837-yildan) musobaqalar,Afinada (1859-yildan) umumgrek oʻyinlari oʻtkazilishi va olimpiada tiklanishi (1896-yildan)ning ahamiyati katta boʻldi. 1912-yilda Xalqaro havaskor yengil atletika federatsiyasi (IAAF) tuzilgan, unga 200 mamlakat aʼzo (2001-yil;Oʻzbekiston Yengil atletika federatsiyasi 1993-yildan aʼzo). IAAF 1977-yildan jahon kubogi (hozirgi kunda Gran-pri musobaqalari), 1983-yildan jahon birinchiligi musobaqalarini oʻtkazib keladi.Oʻzbekistonda Yengil atletikaga qiziqish 1885-yildaMargʻilonda shu turga moslashtirilgan oʻyingoh barpo etilgandan keyin kuchaydi.Toshkentda 1902-yildan Yengil atletika musobaqalari, 1919-yildan mamlakat birinchiliklari, 1927-yildan spartakiada oʻtkazila boshlagan. Oʻzbekistonda 135 mingdan ziyod kishi 140 dan ortiq murabbiy qoʻl ostida Yengil atletika bilan shugʻullanadi, murabbiylardan 3 nafariOʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi, 10 nafariOʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi unvoniga ega (2001).Oʻzbekistonlik Yengil atletikachilar 1952-yildan Olimpiada oʻyinlarida qatnashadi. Olimpiadalarda Marina Shmonina (4x100 m gaestafetali yugurish, 1992) oltin,Rodion Gataulin (langarchoʻp bilan sakrash, 1988) kumush medalni qoʻlga kiritgan,Ramil Gʻaniyev (oʻnkurash, 1996) 8-oʻrinni egallagan. Oleg Ryaxovskiy (uch xatlab sakrash), Roza Babich (200 m ga toʻsiqlar osha yugurish) vaTatyana Biryulina (nayza uloqtirish) jahon rekordini yangilagan. Ashur Normurodov (uzoq masofaga yugurish) uch marta sobiq Ittifoq chempioni boʻlgan (1967— 69).Osiyo oʻyinlarida 1994-yildaSvetlana Munkova (balandlikka sakrash),Ramil Gʻaniyev (oʻnkurash),Oksana Yarigina (nayza uloqtirish), 1998-yildaOleg Veretelnikov (oʻnkurash),Sergey Voynov (nayza uloqtirish) oltin medal bilan taqdirlangan YengilatletikaAQSH,Buyuk Britaniya,Germaniya,Kuba,Xitoy kabi mamlakatlarda yaxshi rivojlangan[1].