Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang:Java (maʼnolari).
java orolining viloyatlari va tillari
Java (indonezcha:Jawa) —Malay arxipelaginingKatta Zond orollari guruhidagiorol,Indoneziya tarkibida. Mayd. 126,5 ming km². Yer yuzida aholi eng zich joylashgan hududlardan biri. Uzunligi 1000 km dan ziyod, qirgʻoqlari kam parchalangan. Relyefi, asosan, vulkan natijasida hosil boʻlgan togʻliklardan iborat, eng baland joyi 3676 m (Semeru vulkani). 100 dan ortiqvulkan bor, ulardan 30 tasi harakatdagi vulkanlar. Teztez kuchlizilzila boʻlib turadi. Shimoliy sertepali allyuvial tekislik. Iqlimi subekvatorial, mussonli iqlim. Yillik yogʻin tekisliklarda 1000–1500 mm, togʻlarda 5000 mm dan ziyod. Daryolari sersuv. Doim yashil va barg toʻkuvchitropik oʻrmonlar, togʻ choʻqqilarida butazor vayaylovlar bor. Ya.ning sharqiy qismida savanna tipidagi oʻsimliklar oʻsadi. Bir nechta milliy bogʻlar tashkil etilgan. Tekisliklardamakkajoʻxori,sholi,qand lavlagi ekiladi.Kokos palmasi, kauchuksimonlar plantatsiyalari bor.Neft qazib olinadi. Asosiy shaharlari:Jakarta,Bandung,Surabaya.