Yara – birortoʻqimaning turli sabablarga koʻra nobud boʻlgan qismi koʻchib, oʻrnida hosil boʻlgan (teri yokishilliq pardaning, odatda, teri ostidagi toʻqimalarning ham) nuqsoni;granulyatsion toʻqima oʻsishi sekinlashuvi va teri yoki shilliq pardaning zararlangan joyidaepiteliyning hosil boʻlish jarayoni buzilishi natijasida yara juda sekin bitadi (masalan, teriningtrofik yarasi). Yaraga mexanik va termik shikastlanishlar, kimyoviy moddalar, nurlarning teriga taʼsir etishi, shuningdek,nerv oziqlanishining buzilishi. Spetsifik (maxsus) hamda nospetsifik (nomaxsus)infeksiyalar (sil,zaxm va boshqalar), xavflioʻsmalarning yemirilishi va hokazo sabab boʻladi.
Yaramoddalar almashinuvining buzilishi (masalan,qandli diabetda), surunkaliintoksikatsiya, vitaminlar yetishmasligi, endokrin buzilishlar, organizmning holdan toyishi va boshqalarga olib keladi. Yara koʻrinishi, chuqurligi va chetlarining holatiga qarab oval, dumaloq, chetlari oʻyilgan shaklda boʻladi. Chuqur yaraqontomir devorlarining buzilishiga olib keladi, natijadaqon ketishi kuzatiladi. Yara uzoq kechib, chandiqlanib bitadi. Baʼzan yara qayta-qayta chiqishi ham mumkin. Yaraga sabab boʻlgan kasallik davolanadi, ogʻirroq hollarda xirurgik amaliyot qoʻllanadi.