Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Yangi Angliya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yangi angliya –AQShning shimoli-sharqiy qismida tarixiy tarkib topgan hudud nomi. Yangi AngliyadaMassachusets,Konnektikut, RodAylend, Nyu Xempshir, Vermont, Men shtatlari joylashgan. Maydoni 172,6 ming km². Aholisi 15,2 mln. kishidan ziyod (2002). Eng muhim sanoat, savdomoliya va madaniyat markazi va porti – Boston shahri Yuqori malakali mutaxassislar mehnati talab etiladigan sanoat tarmoqlari rivojlangan. Iqtisodiy faol aholining 1/3 qismi ishlab beruvchi sanoat tarmoqlarida band. Yangi angliya shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga ixtisoslashtan.

„Yangi Angliya“ nomi shu hududdagi Shimoliy Amerika sohillarini tadqiq etgan (1614) ingliz kapitani J.Smit tomonidan berilgan. Hududni mustamlakaga aylantirish, asosan, 17-asrning 20-yillaridan boshlangan. Ya. A. inglizlarning Amerikadagi mustamlakalari orasida iqgisodiy jihatdan eng rivojlangan hududi edi. Ya. A. aholisi 1775—78 yillarda Shimoliy Amerika mustaqilligi uchun va 1861—65 yillardagi fuqarolik urushida faol ishtirok etgan.



Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Yangi_Angliya&oldid=5028385" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp