Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Xubey

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xubey — Xitoyning markaziy qismidagi provinsiya. Yanszi daryosi oʻrta oqimining har ikki sohilida, Duntinxu koʻlining shimolida joylashgan. Maydoni 187,5 ming km². Aholisi 59 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Uxan sh. Relyefi — tekislik. Iklimi subtropik, mussonli. Koʻl koʻp. Temir rudasi, toshkoʻmir, marganets konlari bor. Mashinasozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, qogʻoz, sement, keramika, qora metallurgiya korxonalari mavjud. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Haydaladigan yerlarning katta qismi sugʻoriladi. Yiliga 2 marta hosil olinadi. Asosiy ekini — sholi. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, tariq ham ekiladi. Texnika ekinlaridan paxta, rami, kunjut, yer yongʻoq, raps, tamaki, shakarqamish, choy yetishtiriladi. Bogʻdorchilik (sitrus mevalar, olma, nok) rivojlangan. Oʻrmon xoʻjaligi bilan shugʻullaniladi. Koramol, choʻchqa, parranda boqiladi. Baliq ovlanadi. Yanszi daryosida kema qatnaydi. Yirik shaharlari: Uxan, Xuanshi, Shashi, Ichan.

X. hududida qadimda man va i qabilalari yashagan. Mil. av. 9—8-asrlarda X.ga xitoylar koʻchib kela boshlagan. X. 1668 yildan hozirgi chegarasiga ega.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Xubey&oldid=2862971" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp