Kolumb oʻgli Diego bilan Santa Maria de la Rábida monastiri eshiklari oldida. Mercade y Fabregas tomonidan chizilgan
Christopher Columbus nomilotinchaChristophorus Columbusning inglizchalashtirilishidir. Uning ismi italyanchasigaCristoforo Colombo va ispanchasigaCristóbal Colón boʻladi. Kolumb 1451-yilning kuzida hozirgi Italiyaga qarashliGenoada tugʻilgan.[5] Uning otasiDomenico Colombo Genoa vaSavoyyada ishlagan oʻrta tabaqa jun toʻquvchisi boʻlgan. Xristoforning onasiSusanna Fontanarossa boʻlgan. Uning Bartolomeo, Giovanni Pellegrino va Giacomo ismli aka-ukalari boʻlgan. BartolomeoLissabondaxaritashunoslik bilan shugʻullangan.[6] Kolumbning shuningdek, Bianchinetta ismli singlisi boʻlgan.[7]
Paviya universitetida oʻqigan.1470-yilda dengizchining qizi Felipe Monis de Palestrelloga uylangan.1472-yilga qadar KolumbGenoada yashagan, 1472-yildan soʻng esaSavonada yashagan. 1470-yillarda dengiz savdo ekspeditsiyalarida qatnashgan. Taxmin qilinishicha,1474-yilda astronom va geografPaolo Toskanelli ungaHindistonga gʻarbga suzish orqali ancha yaqin yoʻl borligi haqida aytgan. Oʻsha paytlarda Kolumb oʻzining Hindistonga sayohati rejasini oʻylab qoʻygan. Toskanelli maslahatlari yordamida u oʻz hisob-kitoblarini bajarib, uning fikricha HindistongaYaponiyagacha 5 ming kilometr masofada boʻlganKanar orollari orqali suzish eng qulay deb oʻylagan.
1476-yilda KolumbPortugaliyaga koʻchib oʻtib, u yerda toʻqqiz yil yashaydi.1477-yilda KolumbAngliya,Irlandiya vaIslandiyaga boradi. Bu vaqtda uGvineyada boʻlishga ulguradi. Kolumbning Hindistonga gʻarbiy yoʻl orqali suzish taklifi 1475-1480-yillar orasida Genoa savdogarlari va hukmdorlariga taklif qilgan (aniq vaqti nomaʼlum). Lekin Genoaliklar bu taklifga eʼtibor berishmagan.1483-yilda u oʻz rejasini portugal qiroliJuan IIga taklif qiladi. Uzoq oʻylanishlardan soʻng uning taklifi rad etiladi.
1485-yilda Kolumb oʻgʻliDiego Kolon bilan Ispaniyaga koʻchib oʻtadi. 1485-1486-yillarda uSanta Maria de la Rábida monatirida yashaydi. Xuan Peres de Marchena Kolumbning taklifi ispan qiroliga yetib borishiga yordam beradi. Bu paytda Ispaniya qiroliGranada bilan urushga tayyorlanish uchunKordovada edi.
Kolumb nihoyat 1486-yil 1-mayda Iberiya yarimorolini birlashtirgan boʻlajak ispan qiroli va qirolichasi:AragonlikFerdinand II Aragon vaKastiliyalikIsabella I Kastil bilan koʻrishish baxtiga muyassar boʻladi. 1-may kuni Kolumb oʻz rejasini Isabellaga taqdim etadi. Qirolicha esa oʻz navbatida rejani qoʻmitaga topshiradi. Qoʻmita aʼzolari ancha vaqt oʻtgach qirolicha Kolumbning rejalari notoʻgʻriligini aytib, rejadan voz kechishni maslahat berishadi.
Lekin Kolumb oʻz rejasini boshqa davlatga taqdim qilishini xohlamagan ispan monarxlari Kolumb talablarini talab qilishadi. Unga koʻra Kolumbga 12 ming maravid (oʻsha paytlardagi ispan pul birligi) berishadi.[9]
Ispanlar bilan ikki yillik kelishuvlardan soʻng, nihoyat 1492-yilda Kolumb muvaffaqiyatga erishadi. Ferdinand va Isabella endigina Iberiyadagi musulmonlarning soʻnggi qalʻasiGranadani egallashgandi va KolumbniKordovadagiAlhazar qasrida qabul qilishadi.[10]
1492-yil 30-aprelda qirolicha Kolumb va uning avlodiga „don“ unvonini beradi (Kolumbni aslzodaga aylantiradi) va Kolumb yangi yerlarni ochsa uni Dengiz-Okean Admirali va kashf etilgan barcha yerlarning vitse-qiroli qilishga vada beradi. Lekin kelishuvga koʻra harjatlarning sakkizdan birini oʻsha paytlarda umuman puli boʻlmagan Kolumbning oʻzi qoplashi kerak edi.
Lekin KolumbgaMartin Alonso Pinson yordam beradi. U bitta kemani oʻz hisobidan tayyorlaydi, ikkinchisini esa Kolumbga qarz evaziga beradi. Uchinchi kemani esa nasroniylikka oʻtgan juhudlar qarzga tayyorlab berishadi.
Kolumb birinchi ekspeditsiyasiga uchta kema tayyorladi:„Santa Mariya“ (flagman),„Pinta“ va„Santa Klara“.Flagman uzunligi — 17,3 metr, uzunligi — 5,6 metr, kemaning suvga kirib turgan qismi — 1,9 metr, hajmi — 101,2 tonna, ekipaj — 40 kishi boʻlgan. Flotga hammasi boʻlib 100 kishi kirgan. Tarixda birinchi marta YevropaliklarGuanahini (Bagam orollari), Espanyola (Gaiti) va Huana (Kuba)ga qadam qoʻyishdi. Bu sayohat bilan Ispaniyaning Yangi Dunyodagi ekspansiyasi boshlangan.
Lekin Kolumb bu yangi yerlarniSharqiy Osiyo —Xitoy,Yaponiya yokiHindiston qirgʻoqlari deb oʻylagan. Ancha paytgacha yangi yerlarYevropaliklar tomonidanVest-Indiya (soʻzma-soʻz tarjima qilganda „Gʻarbiy Hindiston“) deb atalgan. Buning sababi bu yerga yetish uchun toʻhtamasdan gʻarbga suzish kerakligi boʻlgan.
Ferdinand II va Isabella Iga oldinroq yozilgan habarida Kolumb „avval Chipangga, soʻngra Katayga va nihoyat ikki Hindistonga“ suzish rejasini aytgan. Oʻrta asr xaritalarida „ikki Hindiston“ deb hozirgiHindiston vaEfiopiya, „Katay“ —Xitoy va „Chipang“ —Yaponiya nazarda tutilgan. Yaponiya haqida Yevropaliklar Marko Polo orqali xabardor boʻlishgan. Shunday qilib, Kolumbning birinchi maqsadiHindiston emas, balkiYaponiya boʻlgan.
16-sentabr — ekspeditsiya yoʻlida yashil suvoʻtlari paydo boʻla boshladi. Vaqt oʻtishi bilan ular soni koʻpaya bordi. Bu gʻalati oʻtlar orasida kemalar uch hafta suzishdi. BuSargasso dengizining ochilishi edi.
7-oktabr — „Yaponiyadan oʻtib ketdik“ deb oʻylagan kema jamoasining talabi bilan kemalar gʻarb-janub-gʻarbga qarab suza boshlaydi.
12-oktabr — kechqurun soat ikkida „Pinta“ bortidagimatros yerni koʻrdi.
13-oktabr — Kolumb qirgʻoqqa tushdi, unga Kastiliya bayrogʻini oʻrnatib orol Kastiliya mulkiga aylanganligi toʻgʻrisida akt tuzdi. OrolgaSan Salvador deb nom berildi. Ispanlar orolda mahalliy aholini koʻrishdi. Ular uch yuz yildan keyin yoʻq belib ketadiganarvaklar xalqi edi. Aravaklar yalangʻoch yurishardi, ularning badanlarida har xil naqshlar chizilgan edi. Ular dengizda qirq kishini sigʻdiradigan eshkakli qayiqlar orqali harakatlanishardi. Aynan shu yerda mahalliy aholi Kolumbga „quruq barglar“ —tamakini sovgʻa qilishdi. Kolumb ularning baʼzilarida oltin boʻlaklarini koʻrib oltin qayerdan olinganligini bilishga harakat qilgan va oltita aravakni asir qilib ularni yoʻl koʻrsatishga majburlagan. Ikki hafta davomida Kolumb yangi Bagam orollarini kash qilib, janubga qarab suzdi. Bu yerda aholipaxtadan tikilgan kiyimlar kiyib yurishardi. Ularning uylarida ispanlar birinchi marta gamakni koʻrishdi. Oʻsha yerliklardan ispanlar birinchi marta katta janubiy orol —Kuba haqida eshitishdi.
28-oktabr, 1492-yil — Kolumb Kubaning shimoli-sharqidagi Bariey buhtasiga tushdi. Mahalliy aholi bilan suhbatlashgan Kolumb oʻzini Sharqiy Osiyo yarim orollaridan biriga yetdi deb oʻylagan. Lekin ispanlar na oltin, na ziravorlar, na katta shaharlarni koʻrmadilar. Hindularning uylari daraxt shohlaridan qilingan boʻlib, ularning oʻzlaripaxta,kartoshka,tamaki vamakkajoʻxori yetishtirishardi. Xitoyning eng qambagʻal qismiga yetdim deb oʻylagan Kolumb, sharqqa, oʻzining taxmini boʻyicha boy Yaponiya tomonga qarab burildi.
13-noyabr, 1492-yil — hindular oltinga boy orol haqida eshitgan Kolumb sharqga qarab suzdi.
20-noyabr, 1492-yil — „Pinta“ yoʻqoladi. Qolgan ikki kema Kubaning sharqiy nuqtasi Maysa burniga yetgunga qadar sharqqa qarab suzishdi.
6-dekabr, 1492-yil —Gaiti oroli kashf etildi. Orol vodiylari Kastiliyaga oʻxshaganligi sababli, Kolumb uni Espanyola deb ataydi. Shimoliy qirgʻoq boʻylan suzgan ispanlarTortuga orolini ochishdi.
Kolumb kashf etilgan yerni ispan qiroli mulki deb eʼlon qilayapti.
25-dekabr, 1492-yil — „Santa Mariya“ rifga oʻtirdi. Mahalliy xalq yordamida kemadan zambaraklar va boshqa narsalar olindi. Kema yogʻochlaridan Gaiti orolidaLa Navidad (Rojjdestvo) deb nomlangan fort qurildi. Kolumb bu yerda 39 dengizchi, „Santa Mariya“ zambaraklari va bir yillik oziq-ovqat qoldirib, 1493-yil 4-yanvarda oʻzi bilan bir necha orolliklarni olib „Ninya“da dengizga chiqdi.
6-yanvar, 1493-yil — Espanyolaning shimoliy qirgʻogʻida „Ninya“ „Pinta“ bilan koʻrishdi.
16-yanvar — ikki kema Ispaniyaga yoʻlga tushishdi.
15-fevral — toʻfon toʻxtaydi va 18-fevralda „Ninya“ Santa Mariya (Azor orollari) deb nomlangan orolga yetadi.
9-mart — „Ninya“ Lissabonda langar tashlaydi. Juan II Kolumbni juda yaxshi kutib oladi.
15-mart — „Ninya“ Ispaniyaga qaytadi. Huddi shu kuni u yerga „Pinta“ yetib keladi. Kolumb oʻzi bilan hindular, ozgina oltin, Yevropa avval koʻrilmagan oʻsimliklar va qushlarni olib keladi.
2-ekspeditsiyasida (1493-96) Kolumb admiral unvoni va yangi kashf etilgan yerlarning vitse-qiroli lavozimida 1500 kishilikekipaj bilan 17 kemada safarga chiqdi.Dominika,Gvadelupa, Kichik Antil,Puerto-Riko vaYamayka orollarini, Kubaning janubiy qirgʻoqlari boʻylab suzib, bir necha orol va yarim orollarni kashf qildi, Gaitining janubiy sohillarini tadqiq qildi. 1496-yil 11-iyunda Kastiliyaga qaytib keldi.
3-ekspeditsiyasida (1498-1500) K. 6 kema bilan Atlantika okeanini 10° shahrik.da kesib oʻtib,Trinidad orolini kashf etdi. Janubiy tomondan Pariya qoʻltigʻiga va Orinoko daryosi deltasi atrofidagi sohil va Pariya yarimorolgacha kirib borib, Janubiy Amerikani kashf etishni boshlab berdi. Janubiy Amerikaning shimoli-sharqiy sohillarini tekshirib, undan Karib dengizi orqaliGaiti oroliga oʻtdi. 1500-yilda Kastiliyaga qaytib keldi.
4-ekspeditsiyasida (1502-04) K. 4 kema bilan 1502-yil 12-iyunda Martinika o.ga keldi. Undan Gonduras qoʻltigʻiga suzib, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika va Panama sohillarini kashf qildi. 1504-yil 7-noyabrda Kastiliyaga qaytib keldi. K.ning kashfiyotlari yangi yerlarni mustamlakaga aylantirish, oʻsha yerlarning indeyslar deb atalgan tub aholisini qul qilish va qirib tashlash bilan birgalikda kechdi. K.ning birinchi boʻlib Amerikani ochganligi toʻgʻrisida ilmiy adabiyotlarda munozara ketmokda. Amerika rasmiy kashf etilishidan 5 asr ilgari Beruniy Gʻarbiy yarim sharda quruklik boʻlishi mumkin, degan fikrni yozib qoldirgan. Shimoliy va Shimoli-Sharqiy Amerikaga K.dan avval normanlar borganligi aniqlangan. Ammo K. kashfiyotlaridan keyingina Amerika qitʼasi geografiya faniga maʼlum boʻldi.
Kolumbning Amerikaga birinchi boʻlib Amerikaga borgan Yevropaligi baʼzi bahslarga sabab boʻladi. Chunki uzoq XI asrlardayoqLeyf Eriksson boshchiligidagivikinglar Kanadaga ekspeditsiya uyushtirishgan.[11]) Lekin Kolumbning sayohatlari bir necha asrlar davom etgan Amerika Yevropaliklar tomonidan egallanishiga sabab boʻlgan. Kolumbning oʻzining sayohatlarini birinchi navbatdanasroniylikning tarqatilishi deb hisoblagan.[1]
Yevropaliklarga maʼlum boʻlmagan qitʼani ochganini bilmagan Kolumb oʻzi yetib borgan joylarni Sharqiy Hindiston deb oʻylab mahalalliy hindularniindios (ispancha „Hindlar“) deb atagan..[12]<ref>Herbst, PhilipThe Color of Words: An Encyclopaedic Dictionary of Ethnic Bias in the United States Intercultural Press Inc (31-dekabr 1997-yil)ISBN 978-1-877864-97-1 p.116 [http://books.google.co.uk/books?id=UiZQH5gHuggC&pg=PA116&dq=c
↑1,01,1Christopher Columbus Encyclopædia Britannica. 2010.Encyclopædia Britannica Online. 8-iyun 2010-yil.
↑World Book — Columbus, Christopher (Archive.is saytida 2012-12-03 sanasidaarxivlangan) „Columbus, Christopher“. World Book Store has the encyclopedia, dictionary, atlas, homework help, study aids, and curriculum guides. 2010
↑Phillips, William D., and Carla Rahn Phillips.The Worlds of Christopher Columbus. Cambridge: Cambridge University Press, 1992. Page 9. "Even with less than a complete record, however, scholars can state with assurance that Columbus was born in the republic of Genoa in northern Italy, although perhaps not in the city itself, and that his family made a living in the wool business as weavers and merchants…The two main early biographies of Columbus have been taken as literal truth by hundreds of writers, in large part because they were written by individual closely connected to Columbus or his writings. …Both biographies have serious shortcomings as evidence."
↑Encyclopædia Britannica, 1993 ed., Vol. 16, pp. 605ff / Morison,Christopher Columbus, 1955 ed., pp. 14ff
↑Bergreen, Lawrence. Columbus The Four Voyages, 1493-1504.. Penguin Group USA, 2012.ISBN 978-0143122104.
↑Hoxie, Frederic {{subst:FULLPAGENAME}}Encyclopedia of North American Indians Houghton Mifflin (March 1997)ISBN 978-0-395-66921-1 p.568[1][sayt ishlamaydi][sayt ishlamaydi]