Xonbaliq (Oʻrta Moʻgʻ.ᠻᠠᠨᠪᠠᠯᠢᠺ) –Yuan imperiyasining poytaxti, zamonaviyPekinning nomi. Shaharning xitoycha nomiDadu (xit.an’anaviy大都, soddalashtrilgan大都,pinyin:Dàdū;buyuk poytaxt), moʻgʻullar tomonidan Daidu[1][2] deb talaffuz qilingan. Shaharning moʻgʻul va turkiy tillardagi „Xonbaliq“ nomi toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima qilinganda „Xon shahri“ degan maʼnoni bildiradi[3].Marko Polo oʻz asarlarida shaharniKambalu deb yozgan.
Moʻgʻullar istilosidan avval shahar Chjundu deb nomlangan va Szin imperiyasining poytaxti boʻlib xizmat qilgan. 1215-yilda shaharmoʻgʻullar tomonidan zabt etiladi va yoqib yuboriladi. 1264-yildaXubilay shaharni oʻz poytaxti sifatida tiklashga qaror qiladi. Shaharnk qayta qurishga meʼmorlarLiu Binchjun va Amir ad-Din[4] rahbarlik qilishadi. Oʻsha yili devorlarning qurilishi boshlanadi. Xon saroyini qurish ishlari esa 1274-yilda boshlangan.
1271-yilda Yuan davlati tashkil etilgandan soʻng, Xubilayxon shahar nomini Dadu deb oʻzgartiradi. Shahar imperiyaning markaziga aylanadi[5]. Shaharda qurilish ishlari 1293-yilgacha olib boriladi. Buyuk Xonning avvalgi qarorgohi boʻlgan Shandu shahri yozgi qarorgoh maqomini oladi. Venetsiyalik savdogarMarko Polo Xitoyda boʻlganida bu ikkala poytaxtda ham uzoq vaqt davomida yashagan.
Xitoyliklar shahar nomini rasman oʻzgartirganiga qaramay, „Xonbaliq“ nomi Yuan imperiyasi qulaganidan ancha keyin moʻgʻullar orasida saqlanib qolgan; Shunday qilib, Xitoy bosqinidan oldinOyratlar hukmdori Esen-tayshi moʻgʻul zodagonlariga murojaat qilib shunday deydi:
«Xonbaliqni o'zimizga qaytarib olamiz!»[6].