Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Xloritlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xloritlar (yun. chloros — yashil) —minerallarning keng tarqalgan guruhi,magniy vatemirningmetaalyumosilikatlari.Kimyoviy tarkibi oʻzgaruvchan (Mg, Fe2+)[AlSi3O|0(OH)2]. 3(Mg, Fe)(OH2). Tarkibidagi Gʻe2+ Gʻe3+ ning oʻzaro nisbati boʻyicha X. o r t o xloritlar valeptoxloritlarga boʻlinadi. Si va Gʻe2++Gʻe3+ ning miqdoriga koʻra X. 2 guruhga ajratiladi. 1guruh magnezial X. (korundfillit, sherydanit,klinoxlor,pennin, talkxlorit), magnezial —temirli X. (ripidolit, piknoxlorit, diabantin) vatemirli X. (psevdotyuringit, dafnit, brunsvigit)dan iborat. 2guruhga mansub X. —tyuringit,shamozit, delessit. Hamma X. monoklin yoki triklinsingoniyadakristallanadi. Varaqvaraq,poʻstloq,tangasimon,sferolit,oolit shaklida, yashirin kristalli, yupqa varakchalariegiluvchan boʻlsa ham, qayishqoq emas; bir-biridantermik analiz orqali farklanadi. Asosan, yashil, shuningdek oq, sariq, pushti, qizilbinafsharang, qoʻngʻirqora xillari bor.Qattiqligi 2—3,zichligi 2,6—3,3 g/sm3. X.tabiatda keng tarqalgan. Asosan, pasttrali gidrotermaljarayonlar taʼsirida, tarkibidaalyuminiy, magniy va temirli silikatlar koʻp boʻlganjinslarning oʻzgarishidan hosil boʻladi. Ortoxloritlarqogʻoz sanoatida ishlatiladi. Kattakatta qatlam tarzida topilgan leptoxloritlartemir rudasi sifatidasanoat ahamiyatiga ega.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Xloritlar&oldid=2862741" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp