Xerosis | |
---|---|
![]() | |
Qoʻl boʻgʻimlari yuzasining xerodermasi | |
Belgilari | Terining quruqlashishi,qichishish,terining yorilishi |
Mutaxassislik | Dermatologiya |
Sabablari | Ba'zi vitaminlar va minerallarning yetishmasligi, quyosh nurlaridan kuyish, xolino ingibitorlarning ta`siri |
Xavf omillari | Havo nisbiy namligining pastligi, tez-tez cho`milish yoki qo`llarni yuvish |
Oldini olish | Teri kremlari |
Dori-darmonlar | Terini namlovchi kremlar |
Xerosis,xerosis cutis yoki oddiyginaquruq teri — terining haddan tashqari quruqlashib ketishi bilan tavsiflanadiganteri kasalligidir[1].
„Quruq teri“ degan maʼnoni anglatuvchi tibbiy atama xeroderma, lotincha ksero „quruq“ + yunonchaderma „teri“soʻzlaridan kelib chiqqan.
Koʻp hollarda quruq terini yumshatuvchi yoki namlovchi vositalar bilan xavfsiz davolash mumkin. Xerosis koʻpincha bosh terisi, oyoqlar, qoʻllar, boʻgʻimlar,qorinning yon tomonlari vasonlarda uchraydi. Quruq teriga xos boʻlgan simptomlar asosan yorilishlar paydo boʻlishi va qichishishdan iborat boʻladi[2].
Xeroderma juda keng tarqalgan kasallikdir. Koʻpincha qishda, tashqarida sovuq, ichkarida esa issiq havo boʻlgani sababli yuzaga kelgan pastnisbiy namlik sababli kelib chiqadi. Bunday ob-havo terining namligini yoʻqotilishiga olib keladi va teri quruqlashib, yorila boshlaydi. Bundan tashqari tez-tez choʻmilish yoki qoʻllarni yuvish, ayniqsasovun ishlatilsa, xerodermaning rivojlanish xavfi yanada ortadi. Xerodermiya A vitamini, D vitamini, sink yetishmovchiligi, tizimli kasallik yoki baʼzidori vositalarining taʼsiri natijasida ham kelib chiqishi mumkin[3][4].
Bugungi kunda oʻsimlik moylari, neft moylari, lanolin asosidagi koʻplab kremlar va losonlar keng tarqalgan. Profilaktik chora sifatida bunday mahsulotlar terining quruqligini oldini olish uchun zararlangan hududga surtilishi mumkin.
Taʼsirlangan hududga yumshatuvchi vositalar yoki teri losonlari/kremlarini bir necha marta surtish (odatda bir necha kun davomida) xerodermaning tezda yoʻqolishiga olib keladi. Xususan, vazelin, oʻsimlik moylari va mineral moy kabi namlikka nisbatan yuqori darajada okklyuziv toʻsiqlarni qoʻllash yaxshi natija beradi[5].
Qoʻy junidan olingan lipidlarning tabiiy aralashmasi boʻlgan lanolin, inson terisidagi tabiiy lipidlarni almashtirishga yordam beradi va qadim zamonlardan beri (va zamonaviy tibbiyotda) xerodermani davolashning eng kuchli vositalaridan biri sifatida qoʻllanadi. Biroq, baʼzi odamlarning lanolinga nisbatan allergiyasi boʻladi va qoʻllanilganda aks taʼsir koʻrsatadi[6]. Bundan tashqari, sof lanolin mumsimon modda boʻlib, koʻp odamlar uchun quruq terida (ayniqsa, tananing katta joylarida) umumiy foydalanish uchun qiyin va noqulay hisoblanadi. Shuning uchun ham nisbatan foydalanish qulayroq boʻlgan lanolin birikmalaridan foydalanilgan bir necha xil kremlar ishlab chiqarilgan va ushbu kremlar amaliyotda keng qoʻllanadi.
Koʻpgina terini namlantiruvchi kremlarga xushboʻylantiruvchi moddalar, parabenlar va lanolin qoʻshiladi. Bu moddalar esa allergiya berish xavfi mavjud. Shu sababli bunday kremlarni qoʻllashda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilinishi zarur[7].