Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Xeops piramidasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xeops piramidasi (),Gizaning buyuk piramidasi –Misr piramidalarining eng kattasi,Qadimgi Misr meʼmorlik sanʼati yodgorligi;„Dunyoning yetti moʻjizasi“ dan hozirgi kungacha saqlanib qolgan yagona va ulardan eng qadimgisi: yoshi taxminan 4500 yil deb baholanadi.

Misr poytaxti vaNil deltasi yaqinidagiGiza platosida; Qadimgi podsholikning toʻrtinchi sulolasidan boʻlgan uch fir’avn nomlari bilan atalgan uch yirik piramida joylashgan hududning eng shimoliy qismida joylashgan. Uch piramida – tomonlari dunyoning toʻrt tomoniga aniq yoʻnaltirilgan – Qohira tashkil etilishidan ming yillar oldinMemfis (Qadimgi podsholik poytaxti) vaGeliopol shaharlari atrofida qurilgan.

Tomonlari tekis va kvadrat asosga ega bir yarusli piramida boʻlib, ustki qoplami 1395-yildaSulton Barquq davrida olib tashlangan. Tepa qismi 10x10 m oʻlchamdagi platforma shaklidadir. Piramidani qurish paytida, taxminan 4500 yil oldin, yer oʻqining presessiyasi tufayli, samoviy sferaning shimoliy qutbiga (polarissima) eng yaqin yorqin yulduz Alpha Ursa Minor emas, balki Alpha Draconis boʻlgan. Uch ming yildan koʻproq vaqt davomida (Angliyaning Linkoln sobori qurilgunga qadar, taxminan 1300-yillar) piramida Yerdagi eng baland inshoot boʻlgan. 1979-yildan,Memfis vanekropollarining koʻplab piramidalari – Gizadan Daxshur majmuasigacha boʻlgan piramidalar qatori,UNESCOningJahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Wikimedia CommonsdaXeops piramidasi mavzusiga oid fayllar bor.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Xeops_piramidasi&oldid=5331579" dan olindi
Turkum::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp