Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Xenan

Vikipediya, erkin ensiklopediya

XenanXitoydagi provinsiya,Xuanxe vaXuayxe daryolarining oʻrta va quyi oqimi havzalarida. Maydoni 167 ming km². Aholisi 93,2 mln. kishi (1999). markazi —Chenjou shahri.

Xenanning sharqiy qismi Buyuk Xitoy tekisligida, garbida Sinlin va Tayxanshan togʻlari tarmoqyaari joylashgan. Daryolari zich. Xitoyning muxim dehqonchilik rni. Asosiy ekinlari: bugʻdoy, makkajoʻxori, gaolyan, dukkaklilar, sholi. 2 yil davomida 3 marta hosil yigʻishtirib olinadi. Xenan Xebey provinsiyasi bilan birga mamlakatning asosiy paxtachilik rayoni hamdir. Shuningdek, yer yongʻoq, kunjut, togʻ yon bagʻirlarida choy ekiladi. Bogʻdorchilik bilan shugʻullaniladi. Xenanda oziq-ovqat va yengil sanoatlar rivojlangan. Kumir sanoati — ogʻir sanoatning yetakchi tarmogʻi. Metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, sement, qogʻoz sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik bilan shugʻullaniladi. Xenan xududidan muhim temir yoʻllar oʻtgan. Asosiy sanoat markazlari:Chjenchjou, Loyan, Kayfin, Nanyan va boshqalar.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Xenan&oldid=5019612" dan olindi
Turkum::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp