Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Xammurapi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu maqoladamanbalar<ref></ref> teglariga olinmagan yokiumuman koʻrsatilmagan. Iltimos,qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring.

Xammurapi –Bobil podshosi (mil. av. 1792—1750). Uning davrida Bobil davlati ravnaq topgan.Amorey qabilasidan. Mohir siyosatchi va sarkarda boʻlgan. Xammurapi harbiy kuch va diplomatik yoʻl bilan oʻz podsholigining dastlabki 35 yilidaOssuriya,Mesopotamiyaning janubi va oʻrta qismini Bobilga tobe ettirgan. Xammurapi davrida tovar-pul munosabatlari rivojlangan, xususiy quldorlar xoʻjaligi kuchaygan, davlatning markazlashuvi va podsho hokimiyatining mustahkamlanishi jarayoni oʻsgan; Xammurappi qonunlari quldorlik tuzumi huquqining xarakterli belgilarini uzida aks ettirgan Qadimiy Sharq huquqining qimmatli yodgorligi sanaladi. Xammurapi qonunlari 282 moddadan iborat boʻlib, huquqning ayrim sohalariga tegishli sud protsessi, mulk huquqi, mulkning turli koʻrinishlari, yerga egalik, nikohoila, meros huquqi va boshqa masalalarni oʻz ichiga oladi. Xususiy mulkchilikni, ayniqsa, quldorlikni qattiq himoya qilgan. Masalan, unda qulni oʻgʻirlaganlik, qochgan qulni yashirganlik uchun oʻlim jazosi belgilangan.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Xammurapi&oldid=5057857" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp