Vejvud, (toʻliq nomiJosiah Wedgwood va Oʻgʻillari (inglizcha:Wedgwood ,inglizcha:Josiah Wedgwood and Sons — taniqli savdo belgisi boʻlgan,sopol idishlar ishlab chiqaruvchiBritaniya kompaniyasi.
Vejvud (Wedgwood) firmasiga 1759-yilda Josiah Wedgwood tomonidan asos solingan. U 1765-yili oʻz fabrikasida ishlab chiqqan servizlar toʻplami Angliya qirolichasida qiziqish uygʻotadi. Shu bilan Wedgwood korxonalari „qirollik mahsulotlari“ ishlab chiqaruvchi fabrikalar shuhratiga ega boʻldi. 1766-yilda Wedgwood Staffordshir grafligidagi Etruriya (Potteris sanoat hududi, hozirda Stok on Trent shahri atrofi) hududida zavod qurishga ruxsat oladi.
Wedgwood fayansiRossiyada 1773-yiliYekaterina II tomonidan Chesmen saroyi uchun buyurtma qilingan „Yashil qurbaqa serviz“ toʻplamidan soʻng dong tarangan. Ushbu toʻplam ingliz mulklari tasvirlari bilan bezatilgan. Rossiya imperatori uchun buyutrma qilingan birinchi „Hask servizi“ toʻplami gullar, bugʻdoy boshoqlari va gulchambarlar bilan jilolangan[1].
Josiah Wedgwood (Josiya Vejvud) idishlarini ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar va takomillashtirilgan mahsulotlardan foydalangan, shu sababli 1783-yilda uQirollik ilmiy jamiyatiga qabul qilingan. Qoida tariqasida, toʻplamlar Rim, Yunon yoki Misr uslublariga muvofiq ishlab chiqilgan. XVIII—XIX asrlarda oliy tabaqa jamiyatida ayniqsa „xitoy chinni“si ga oʻxshash qilib yasalgan chinni idishlar ancha mashhur edi.
1906-yil may oyida Staffordshir grafligidagi Etruriyadagi eski Wedgwood zavodida Wedgwood muzeyi (hozirgi Stok-on-Trentda) ochilgan.
1987-yilda WedgwoodIrlandiyaningxrustal mahsulotlari ishlab chiqaruvchi WaterfordCrystal bilan birlashib, Waterford Wedgwood kompaniyasini tashkil qildi.
Ushbu kompaniya 2009-yilda toʻlovga layoqatsizligi sababli tashqi boshqaruvga berilgan va 2015-yilda uning aktivlariFinlandiyaning Fiskars kompaniyasi tomonidan sotib olingan[2][3].