Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Watford F.C.

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Watford
Watford badge
Toʻliq nomiWatford Football Club
Laqabi
  • The Hornets
  • Yellow Army
  • The 'Orns
Asos solingan1881(144 yil avval) (1881)
Vicarage Road
Sigʻimi22,200[1]
EgasiGino Pozzo
RaisiScott Duxbury[2]
Head coachTom Cleverley
LigaAndoza:English football updater
OʻrniAndoza:English football updater
VebsaytiKlub sayti
Amaldagi mavsum

Watford (toʻliq nomiWatford futbol klubiinglizcha:Watford Football Club —inglizcha talaffuzi: /ˈwɒtfərd 'futbɔ:l klʌb/) —Angliyaning professionalfutbol klubi boʻlb, klub Sharqiy Angliyada joylashgan. U 1881-yilda „Watford Rovers“ sifatida tashkil etilgan.

Angliya futbol ligasi tizimidagi ikkinchi eng muhim divizion boʻlgan chempionatda oʻynaydi.

Klubning eng yuqori yutuqlari — 1982/83-yilgi mavsumda Angliya oliy divizionida 2-oʻrin va 1983/84 va 2018/2019-yilgi mavsumlarda Angliya kubogi finali qatnashchisi.

Watfordning uy maydoni 1922-yildan beri „Vicarage Road“ hisoblanadi.

Tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

„Watford Rovers“ga 1881-yil jamoada himoyachi sifatida oʻynagan Genri Groverand tomonidan asos solingan[3]. Dastlab havaskor futbolchilardan tashkil topgan jamoaning o‘z stadioni bo‘lmagan va Watfordning turli joylarida o‘ynagan. Klub birinchi marta 1886/87-yilgi mavsumda Angliya kubogida ishtirok etgan va 1889-yilda jamoa Xertfordshir kubogidagi gʻalabani nishonlagan. Jamoa 1890-yilda „West Hertfordshire Athletic Club“ning futbol boʻlimiga aylanadi va „Cassio Road“ga koʻchib oʻtadi. Klub 1893-yilda „West Xertfordshir“ deb oʻzgartirildi. „Rovers“ 1896-yilda Janubiy ligaga qoʻshiladi va 1897-yildan boshlab oʻyinchilarga maosh toʻlashni boshlaydi va professional klubga aylanadi. „West Xertfordshir“ 1898-yilda mahalliy raqibi „Watford Sent-Meri“ bilan birlashdi, birlashgan jamoa „Watford“ nomi bilan mashhur boʻldi.

„Luton Town“ bilan qarama-qarshilik

[tahrir |manbasini tahrirlash]

„Watford“ muxlislarining asosiy raqibi qoʻshni Bedfordshirda joylashgan „Luton Town“ futbol klubidir. Jamoalar muntazam ravishda Janubiy ligada 1900-yildan 1920-yilgacha oʻynashgan va 1937-yilgacha, „Luton“ Janubiy uchinchi divizionga koʻtarilgunga qadar Futbol Ligasida davom etishgan[4]. 1963 yilga qadar „Watford“ raqiblariga qaraganda quyi divizionda boʻlgan.

Libosi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Quyida 2011-yilgi Watford klubi liboslari keltirilgan[5].

Uyda

[tahrir |manbasini tahrirlash]
forma
forma
forma

Mehmonda

[tahrir |manbasini tahrirlash]
forma
forma
forma

Zaxirada

[tahrir |manbasini tahrirlash]
forma
forma
forma

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „Premier League Handbook 2019/20“. Premier League. 2020-yil 27-iyulda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyul.
  2. "Club Statement" (Wayback Machine saytida 20 December 2016 sanasidaarxivlangan).watfordfc.com. Retrieved 11 December 2016.
  3. „They shaped the club“. Watford Football Club (2008-yil 29-may). 2008-yil 3-dekabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-oktyabr.
  4. Jones 1998, pp. 27-63.
  5. „Watford - Historical Football Kits“. www.historicalkits.co.uk. Qaraldi: 2022-yil 5-sentyabr.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Watford_F.C.&oldid=5293255" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2026 Movatter.jp