![]() ![]() | |
Turi | 1979-yilda Yaponiya ishlab chiqarilgan Portativ media pleyeri |
---|
WALKMAN — 1979-yildan beri YaponiyaningSony texnologik korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va sotilayotgan prototiv audio pleyerlar brendi hisoblanadi. Sony WALKMAN[1][2] va uning mashhurligi WALKMANni har qanday ishlab chiqaruvchi yoki brendning shaxsiy stereotiplari uchun norasmiy atamaga aylantirdi[3]. Yaʼni WALKMANdan kiyin ishlangan barcha prototiv pleyerlar isteʼmolchilar tomonidan WALKMAN deya atash darajasiga keladi. Bu esa brendni elektronika bozorining inqilobiy mahsuloti boʻlganidan dalolat beradi. 2010-yilga kelib WALKMAN brendi mahsulotlari ishlab chiqarilishi toʻxtatilganda, Sony 200 millionga yaqin kassetali WALKMANlarni ishlab chiqarishgacha erishgan[4].
WALKMAN brendi keyinchalik DAT pleyerlar, MiniDisc pleyerlar va magnitofonlar, SD pleyerlar (dastlab Discman keyin esa SD WALKMAN nomiga oʻzgartirilgan), tranzistorli radiolar, mobil telefonlar va raqamli audio va media pleyerlar[5][6] kabi koʻpgina Sony prototiv audio qurilmalariga xizmat koʻrsatish uchun kengaytiriladi. 2011-yildan boshlab WALKMAN brendi faqat raqamli pleyerlarni ishlab chiqarishdan iborat boʻlib qoladi.
1960-yillarning oxirida oldindan yozib olingan ixcham kassetalarning ishlab chiqarilishi musiqani prototip qurilmalardan tashqari avtomobil salonlarida ham tinglash imkonini bergan boʻlsada oʻsha paytlarda klassikgramofon plastinalari uyda musiqa tinglash uchun eng ommabopligini saqlab qolgan.
Sony asoschilaridan biriMasaru Ibuka xiyobondagi sayrlaridan birida musiqa tinglash uchun Sony kompaniyasining katta hajmli TC-D5 kassetali magnitofonini koʻtarib olgan edi va bu juda noqulay ekanligini fahmlab musiqa ixlosmandlariga musiqani choʻntakda olib yuradigan ixcham qurilma kerakligi hamda bunday mahsulot yaratish gʻoyasi paydo boʻladi. Ertasi kuni darhol U oʻzining ijrochi oʻrinbosariNorio Ohgaga musiqa tinglash uchun optimallashtirilgan ixcham va choʻntak bop faqat ijro etish uchun moʻljallangan pleyer versiyani ishlab chiqishni buyuradi.
Metall korpusli koʻk-kumush rangli WALKMAN TPS-L2, dunyodagi birinchi arzon shaxsiy stereo sifatida 1979-yil 1-iyulda Yaponiyada sotuvga chiqadi va taxminan 33 000 ¥ Yapon yeni (yoki 150 dollar) dan sotila boshlanadi[7]. Kompaniya dastlab WALKMAN TPS-L2 ni oyiga taxminan 5000 dona sotishini taxmin qilgan boʻlsada, dastlabki ikki oy ichida 30 000 donadan ortiq sotilgan.
Asta sekin Sony WALKMAN xorij bozorlariga chiqa boshlagach bir qator xalqaro nashrlarda WALKMAN haqida maqolalar chop eta boshlandi. Bir qator xorijdagi savdo kompaniyalari esa WALKMAN nomiga eʼtiroz bildirganligi sababli, u xorijda bir nechta boshqa nomlar ostida sotilgan, jumladan: AQShda „Sound-about“, Avstraliya va Shvetsiyada „Freestyle“ va Buyuk Britaniyada „Stowaway“[8][9]. 1980-yillarning boshlariga kelib esa WALKMAN butun dunyodagi musiqa shinavandalarining qoʻligacha yitib boradi va Sony bu nomni butun dunyo boʻylab ishlata boshlaydi. Birinchi ishlab chiqarilgan TPS-L2 AQShda 1980-yil iyun oyidan sotuvga chiqarilgan.
1981-yilda Sony ikkinchi WALKMAN modeli WM-2 ni keng ommaga taqdim qiladi, u yumshoq tugmalar tufayli TPS-L2 bilan solishtirganda sezilarli darajada kichikroq va qulayroq edi. Sony 1980-yillarda ishlab chiqarilgan baʼzi tranzistorli radiolarni ham WALKMAN brendi ostida ishlab chiqara boshlaydi[10]. 1982-yilda WM-F1 modelidan boshlab baʼzi WALKMAN kassetali modellariga ham radio qoʻshiladi[11]. Shovqinni kamaytirish tizimiga ega birinchi model esa 1982-yilda ishlab chiqarilgan[12]. Birinchi kichik oʻlchamli va nisbatan ixchamroq kassetali hamda teleskopik korpusli WM-20 modeli 1983-yilda keng ommaga taqdim etiladi. Bu model WALKMAN qurilmalarini sumka yoki choʻntakda olib yurishni yanada osonlashtiradi[13]. Musiqalarni avtomatik orqaga qaytarish xususiyatiga ega birinchi model esa 1984-yilga kelib ishlab chiqariladi[14].
1985-yil oktyabr oyida WM-101 modeli birinchi boʻlib „gum stick“ ya"ni qayta zaryadlanuvchi batareya bilan ishlab chiqariladi[13]. 1986-yilda Sony masofadan boshqarish pulti va quyosh batareyasi bilan jihozlangan birinchi modeln WM-F107 ni keng ommaga taqdim etadi.
WALKMAN Ishlab chiqarila boshlagandan kiyin oʻn yil ichida Sony AQShda 50 % va Yaponiyada 46 % bozor ulushini egallaydi[15].
1989-yilda Yaponiyada WALKMAN brendining 10 yillik yubileyga bagʻishlab ikkita cheklangan protativ WM-701S/T moduli ishlab chiqilgan boʻlib, ulatundan yasalgan vakumush bilan qoplangan edi[16]. 1994-yil 1-iyulda 15 yillik yubileyga bagʻishlangan modeli ham vertikal qilib ishlangan edi[17].
Birinchi WALKMAN modeli ishlab chiqarilganidan 10 yil oʻtib, butun dunyo boʻylab 100 million WALKMAN pleyerlari sotilgan. 1995-yilga kelib esa 150 million dona pleyer ishlab chiqarilgan[18]. 1999-yilga kelib, birinchi model taqdim etilganidan 20 yil oʻtgach, Sony 186 million dona WALKMAN sotishga erishadi[19].
Prototivkompakt diskli pleyerlar 2010-yilda Yaponiyada ishlab chiqarilishi toʻxtatilgani WALKMAN kassetali pleyerlarining savdosi pasayishiga olib keladi[20][21]. AQSHda mavjud boʻlgan soʻnggi kassetali model WM-FX290W[22][23] boʻlib, u birinchi marta 2004-yilda ishlab chiqarilgan[24].
WALKMAN marketingi „yaponyada ishlangan“ (made in japan) jumlasini global madaniyatga kiritishga va isteʼmolchilar ongida sifat soʻzining sinonimiga aylanishiga yordam beradi[25]. Reklamadagi „Walk-men“ va „Walk-women“ tomoshabinlarda ideal aks etishi uchun yaratilgan[26]. Sony marketing strategiyasini amalga oshirib, WALKMAN koʻtarib olgan yoshlarni jamoat joylarida sayr qilish uchun yollaydi va yaqin atrofdagi odamlarga mahsulotni sinab koʻrishni taklif qiladi. Sony shuningdek, reklamaning qoʻshimcha shakli sifatida Tokio koʻchalarida WALKMAN bilan suratga tushish uchun aktyorlarni ham yollaydi[27].
WALKMAN reklama kampaniyasining asosiy komponenti qurilmaning haddan tashqari ixtisoslashuvi edi. WALKMANdan oldin portativ musiqa uchun umumiy qurilma radio boʻlib, u faqat tinglovchilarga standart musiqa eshittirishlarini taklif qilishi mumkin edi[28]. Pleylistni sozlash xususiyati musiqa tinglashda yangi va hayratlanarli inqilob boʻladi. Potentsial xaridorlar mobil tinglash texnologiyasi nuqtai nazaridan oʻzlari istagan musiqani tanlash, ularni qayta eshitish, saqlash va istalgan vaqtda hamda joyda tinglash imkoniyatiga ega boʻlishdi. Musiqani shaxsiy tanlash va shaxsiy tinglash qobiliyati WALKMANni, ayniqsa oʻsmirlar orasida katta savdo nuqtasi boʻlib, uning muvaffaqiyatiga katta turtki boʻlgan[28]. WALKMANning xususiyatlari va uslublarning xilma-xilligi har bir isteʼmolchi uchun mukammal tanlov boʻlgan mahsulot mavjudligini koʻrsatadi[29].
Time maʼlumotlariga koʻra WALKMANning axborot tashish qobiliyatining misli koʻrilmagan kombinatsiyasi (u ikkita AA batareyasi bilan ishlagan) va maxfiylik (unda naushnik uyasi bor edi, lekin tashqi dinamik yoʻq boʻlgan) uni ming-minglab isteʼmolchilar uchun ideal mahsulotga aylantiradi.The Verge nashri WALKMAN chiqqan kuni dunyo oʻzgardi va musiqa olamida yangi yoʻnalishdagi oʻziga xos ideal mahsulot yaratilganini taʼkidlab oʻtadi.
WALKMAN 1980-yillar musiqa madaniyatining yangi timsoliga aylandi. 1986-yilda WALKMAN soʻziOksford inglizcha lugʻatiga kiradi. Millionlab odamlar WALKMANni jismoniy mashgʻulotlar paytida, sport zallarida ishlata boshlashdi, buaerobika mashgʻulotlarining boshlanishi edi. Boshqa firmalar, shu jumladanAiwa,Panasonic vaToshiba ham shunga oʻxshash mahsulotlarni ishlab chiqarishadi va 1983-yilda kassetalar savdosi birinchi martavinil plastinalari savdosidan oshib ketadi.
WALKMAN nafaqat odamlarning musiqaga boʻlgan munosabatini, balki texnologiyani ham oʻzgartirdi, chunki u yakkalik va shaxsiylik xususiyatga ega boʻlib, foydalanuvchilar radio orqali emas, balki oʻzlari tanlagan musiqalarni tinglar edi. U shaxsiy kompyuterlar alohida yoki mobil telefonlar kabi choʻntak bop texnologik qurilmalarning dastlabki kashshofi sifatida koʻrilgan. Naushniklar ham jamoat joylarida taqib yurila boshlandi. Bu 1982-yildaNew-Jersey shtatiningWoodbridge shahri meri piyodalar bilan sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar tufayli jamoat joylarida WALKMAN qurilmalaridan foydalanishni taqiqlashigacha olib kelgan va bu taqiq AQShda keng omma orasida xavfsizlik boʻyicha bahs-munozaralarga sabab boʻladi[30].
Bozorda WALKMANning muvaffaqiyati Compact Cassette formatining keng qoʻllanilishiga olib keladi. Bir necha yil ichida kassetalarvinil plastinalardan oshib ketadi va 1991-yilga kelibgina aynan sony tomonidan ishlangankompakt disk (CD)lar kassetalar sotuvidan oʻtib ketguncha bozorda eng ommabopligini ushlab qoldi[31][32].Tokioning Ginza tumanida 2019-yilda brendning 40 yilligiga bagʻishlab Sports WALKMAN FM ning katta haykali oʻrnatilgan[33].
1989-yilda Sony kompaniyasiVideo WALKMAN sifatida sotiladigan portativ Video8 magnitofonlarini ishlab chiqaradi va brend nomini kengaytiradi. 1990-yilda Sony yangi tipdagiDAT WALKMAN sifatida sotiladigan portativDigital Audio Tape (DAT) pleyerlarini ishlab chiqaradi[34].DAT WALKMAN keyinchalik 1992-yildan boshlabMD WALKMAN brendiga ega MiniDisc pleyerlari ishlab chiqarish uchun kengaytirilgan. 1997-yildan boshlab SonyningDiscman portativ kompakt disk (CD) pleyerlar assortimentiCD WALKMAN nomini oʻzgartira boshladi[35]. 2000-yilda WALKMAN brendi (butun assortiment) birlashtirildi va brend uchun yangi kichik piktogramma „W.“ ishlab chiqariladi[34].
1999-yil 21-dekabrda SonyNetwork WALKMAN (VAIO boʻlimi tomonidan ishlab chiqilgan pleyerlar bilan bir qatorda) nomi ostida oʻzining birinchi raqamli audio pleyerlarini ishlab chiqara boshladi.Memory Stick saqlash vositasidan (xotira kardi) foydalangan birinchi pleyer, WALKMAN brendini birlashtirishdan biroz oldinMS WALKMAN[36] deb nomlanadi[34]. Koʻpgina kelajakdagi modellar oʻrnatilgan qattiq deskli flesh xotiradan foydalanadi, ammoqattiq diskga asoslangan pleyerlar ham 2004-yildan 2007-yilgacha chiqarilgan xolos[37]. Bundan tashqari WALKMAN markali mobil telefonlar hamSony Ericsson qoʻshma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan[38].
XXI asr boshlariga kelib Sony WALKMAN mahsulotlari bozorda oʻz oʻrinini yoʻqota boshladi va boshqa raqamli audio pleyerlar tomonidan bozordan siqib chiqarildi. WALKMANga raqobatchi sifatidaAppleningiPod raqamli va sensor ekranli mahsulotlari bozorga kirib keladi hamda WALKMANdan keyin musiqa pleyerlari orasida katta muvaffaqiyatga erishgan brend sifatida isteʼmolchilar hayratiga sabab boʻlgan mahsulot sifatida tan olinadi[39]. Bu esa WALKMANning xalqaro miqyosda sotuvini keskin kamaytiradi[40][41], garchi u ichki bozorda koʻproq sotilgan boʻlsa ham tashqi bozordagi kashshofligini boy berib qoʻydi[42][43]. 2005-yilga kelib sotuvlar va ulushlar besh baravarga oshgan va yaxshilanishda davom etgan boʻlsa ham Network WALKMAN bir necha yillardan beri xalqaro bozorda ulushga ega emas edi. Creative, Rio, Mpio va iRiver kabi koʻplab boshqa raqobatchilari bilan raqobatlashish bilan ovora boʻlgan bir paytda Apple iPod lari bozorni batamom oʻziniki qilib ulgurgan edi[37]. 2006-yilga kelib uning AQSh bozoridagi ulushi 1,9 % ni tashkil etib, Apple,SanDisk, Creative vaSamsungdan ortda qoldi[44]. Yaponiyada uning ulushi 2009—2010-yillarda 43-48 % ni tashkil etdi va bu oʻsha davrida Apple kompaniyasidan biroz oldinda edi[45].
WALKMAN portativ raqamli audio va media pleyerlari bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan yagona WALKMAN brendi mahsulotidir. Garchand Tarmoq prefiksi endi ishlatilmasa ham, model raqamlarida hali ham „NW“ prefiksi mavjud.
2022-yildagi joriy mahsulotlar assortimenti[46][47]:
2017-yildan beri Sony, WALKMAN va boshqa audio mahsulotlar uchun kontentni uzatish va ijro etish uchun moʻljallanganMicrosoft Windows operatsion tizimida shaxsiy kompyuterlar uchun musiqa markazi dasturini taqdim etadi[48].
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()
Media related to WALKMAN at Wikimedia Commons