Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Vodiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vodiy —relyefning uzunasiga choʻzilgan botiq shakli. Hosil boʻlishiga koʻra erozion va tektonik vodiy boʻladi. Vodiylarning dastlabki shakli, asosaneroziya natijasida, vaqtincha oqar suvlar hosil qilgan jarliklardir. Bir qancha shunday jarliklar birlashib suvi havzaga quyilgungacha kattalasha boradi. Vodiy yon bagʻri baland yoki past, tik yoki qiya, yondan qaraganda (profili) botiq, toʻgʻri qavariq yoki zina shaklida (terrasalar) boʻlishi mumkin. Tub jinslarning yotishiga (strukturasiga) qarabsinklinal,antiklinal,monoklinal,uzilma vagraben vodiylar boʻladi. Shakliga qarab vodiy quyidagilarga boʻlinadi: 1)dara — togʻ vodiy, yon bagʻirlari tik boʻladi, togʻli joylarda uchraydi.Tojikiston vaOʻzbekistonning bir qancha tumanlarida tangi deyiladi; 2)kanyon — tagi ancha tor, yon bashrlari juda tik, chuqur vodiy, togʻ va platolarda uchraydi.Oʻrta Osiyoda qopchigʻay deyiladi; 3) koʻndalang kesimi vodiysimon vodiy, asosantogʻlarda boʻladi; 4) tagi tekis vodiy, tekisliklarda koʻp uchraydi; 5) togʻorasimon vodiy — troglar; togʻlarda muzliklarning harakati natijasida vujudga keladi. Vodiyning yon bagʻirlaridaterrasalar boʻladi. Tektonik choʻkish natijasida paydo boʻlgan baʼzi birbotiqlar — vodiylargaOʻrta OsiyodagiZarafshon vodiysi,Olay vodiysi,Fargʻona vodiysi,Shimoliy AmerikadagiKaliforniya vodiysi va boshqalar bunga misol boʻla oladi. Bunday vodiylarda aholi koʻpincha zich yashaydi.

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Vodiy&oldid=5260108" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp