Viloyat –maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrimmamlakatlari (Afgʻoniston,Turkiya va boshqa), shuningdekOʻrta Osiyoxonliklari viloyatlarga boʻlingan.1924-yilshoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasidaTurkiston ASSR 6 viloyat – Sirdaryo, Samarqand, Fargʻona, Zakaspiy (Turkmaniston),Yettisuv,Amudaryo viloyatlari, bir qanchauyezd vavolostlardan tashkil topgandi.XXSR esa 3 viloyat vaXiva tumaniga,BXSR 15 viloyatga boʻlingandi. Viloyat oʻz navbatidatumanlarga, tuman esakeshlarga boʻlingan.1925-yil13-yanvardan uyezd deb yuritila boshladi. Keyinchalik ruscha „oblast“ nomi bilan qayta tashkil etildi.Oʻzbek tilidavlat tiliga aylanishi munosabati bilan tarixiy maʼmuriy-hududiy birlik nomi sifatida „Viloyat“ soʻzi qayta tiklandi.
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi (1992)Konstitutsiyasida (68-modda) Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar,shaharlar,shaharchalar,qishloqlar,ovullar, shuningdek,Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iboratligi mustahkamlab qoʻyilgan. Hozir Oʻzbekiston Respublikasida 12 viloyat bor. Viloyatlar, oʻz navbatida, tumanlarga boʻlinadi. Viloyatlarchegaralarini oʻzgartirish, shuningdek, yangi viloyatlar tashkil qilish, ularni tugatishOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi roziligi bilan amalga oshiriladi. Viloyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyichahokim boshchilik qiladiganxalq deputatlari kengashi hokimiyatningvakillik organidir. Bukengashdavlat va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab, oʻzvakolatiga taalluqli masalalarni hal etadi. Viloyat xalq deputatlari kengashi va viloyat hokimlarining vakolatmuddati – 5 yil. Viloyat hokimlariPrezident tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi hamda viloyat xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Viloyat hokimlari oʻz vakolatlarini yakkaboshchilik asoslarida amalga oshiradi, oʻzlari rahbarlik qilayotgan organningqarorlari vafaoliyati uchun shaxsan javobgardir.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
 | VikiiqtibosdaViloyatga tegishli iqtiboslar mavjud. |