Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Vikipediya:Koʻrib tahrirlagich

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qisqartmalar

Koʻrib tahrirlagich (VisualEditor) –Vikipediya (vaMediaWikidan foydalanuvchi boshqa saytlar) sahifalarniWYSIWYG tartibida tahrirlash uchun dasturiy taʼminot. U foydalanuvchilarga viki-belgi tuzilishini oʻrganmasdan turib tahrirlar qilish imkonini beruvchi qulay dastur.

Koʻrib tahrirlagich haqida

Vikipediya Koʻrib tahrirlagichining „alfa“-versiyasi haqida videorolik (ingliz tilida)

Koʻrib tahrirlagich Vikipediyani tahrirlashning „vizual“ (koʻz bilan koʻriladigan) asbobi, yaʼni mohiyati jihatidan viki-belgilarni bilmasdan turib tahrirlar qilish imkonini beruvchi yangi tahrirlash tizimi hisoblanadi. U 2012-yil dekabr oyidan boshlab ingliz tilidagi Vikipediya boʻlimida moslama sifatida „alfa“-versiyada paydo boʻldi, 16 ta boshqa boʻlimlarga 2013-yil aprel oyidan va iyun oyining boshidan barcha boʻlimlarga qoʻshildi. Biz uni Vikipediyaning ingliz tilidagi boʻlimida 1-iyuldan boshlagan holda iyulning oxiriga qadar amalda barcha boʻlimlar uchun joriy etishni rejalashtirmoqdamiz.[1]

2013-yil 25-apreldaWikimedia Foundation Vikipediyaning 15 ta til boʻlimida Koʻrib tahrirlagichningalfa-versiyasini ishga tushirdi: arabcha, xitoycha, gollandcha, inglizcha, fransuzcha, nemischa, italyancha, yaponcha, koreyscha, polyakcha, ruscha, ispancha va shvedcha til boʻlimlari. Shuningdek, sahifalar va sahifa boʻlimlarini tahrirlash uchun manba viki-matnni klassik tashrirlash imkoniyati ham mavjud boʻladi. 2013-yil 1-iyuldan 29-iyul oraligʻida Koʻrib tahrirlagich alfa-versiyadanbeta-versiyaga oʻtdi va bundan keyin boshlangʻich holatga yoqib qoʻyiladi[2].

Hozirgi cheklovlari

  • sust yuklanish;
  • ayrim foydalanuvchilarda brauzerlarning qotishi;
  • tahrirlash oynasida alohida boʻlimni ochmoqchi boʻlinganda barcha maqola ochiladi;
  • oʻzgarishlar gʻalati koʻrinishi mumkin;
  • ayrim tuzilishlarni tahrirlash imkoni yoʻq (masalan, matematik formulalar);
  • faqatgina ayrim brauzerlarda foydalaniladi (Firefox, Chrome, Yandex va Safari; kelgusida – Internet Explorer);
  • faqat maqola nomfazosida va foydalanuvchilar sahifalarida tahrirlash imkoniyati;
  • faqat „Vektor“ va „Monobuk“ mavzularida (skinlarida) ishlaydi.

Joriy qilish jadvali

SanaJoriy qilish bosqichiMoʻljal boʻlimlar
1-iyuldanKoʻrib tahrirlagich barcha roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun ochiladiInglizcha Vikipediya
15-iyuldanKoʻrib tahrirlagich barcha ishtirokchilar uchun ochiladi
24-iyuldanKoʻrib tahrirlagichdan foydalanishga 2-faza boʻlimlaridagi barcha roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun ruxsat beriladiNemischa, ispancha, fransuzcha, ivritcha, italyancha, niderlandcha, polyakcha, ruscha va shvedcha Vikipediya boʻlimlari
29-iyuldanKoʻrib tahrirlagich 2-faza boʻlimlarining barcha ishtirokchilari uchun ochiladi
Avgustning ikkinchi yarmiKoʻrib tahrirlagich 3-faza boʻlimlarining barcha roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilari uchun ochiladiYozuvlari bilan ishlanayotganlardan tashqari barcha Vikipediya boʻlimlari.
Avgustning ikkinchi yarmi, bir haftadan keyinKoʻrib tahrirlagich 3-faza boʻlimlarining barcha ishtirokchilari uchun ochiladi

Kelgusi ishlovlar

Hozirgi vaqtda bitta sahifani bir nechta foydalanuvchilar tomonidan tahrirlanishi toʻqnashuvlarga olib kelishi mumkin. Kelgusida hamkorlikda tahrirlash imkoniyatini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Koʻrib tahrirlagichni qanday qilib vaqtincha oʻchirib qoʻyish mumkin

Tahrirlagichni nofaollashtirish uchun menyuning„Moslamalar“ – „Tahrirlash“ – „Beta-imkoniyatlar“ boʻlimiga oʻtish va „Koʻrib tahrirlagichni beta-versiyada turgan paytida vaqtinchalik oʻchirish“ bandini tanlash kerak.

Yana qarang

Manbalar

  1. Koʻrib tahrirlagich/Portal
  2. VisualEditor

Havolalar

Manbalar

"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Vikipediya:Koʻrib_tahrirlagich&oldid=4174143" dan olindi
Turkumlar::

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp