Vikipediya — koʻp tilli, erkin,onlaynensiklopediya. U koʻngillilar jamoasi tomonidan ochiq hamkorlik hamdavikiga tayanuvchi tahrir tizimi asosida yoziladi va yuritiladi. Ushbu loyiha 2001-yil 15-yanvarda mutaxassislarga moʻljallanganNupediaga toʻldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uninotijoratWikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipediya bugunga kelib eng katta va eng koʻp koʻzdan kechiriladigan maʼlumot manbasiga aylandi[1]. Hozirda bu bepul ensiklopediyada dunyoning 283 tilida 59 milliondan oshiqmaqola bor. Vikipediyaning eng kattaingliz tili boʻlimi7136279 ta maqolaga ega. Taqqoslash uchun, qogʻoz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng kattasi boʻlmishEncyclopædia Britannica (Britaniya Ensiklopediyasi)dagi maqolalar soni 130 ming atrofidadir. Bundan tashqari, Vikipediyaning juda mashhur boʻlib ketishi ortidan unga yondoshVikiombor,Vikilugʻat,Vikikitob,Vikiversitet,Vikiiqtibos hamdaVikiyangiliklar kabi loyihalar ham paydo boʻlgan.
Tarixi
wikipedia.com vawikipedia.orgdomenlari mos ravishda 2001-yil 12-yanvarda[2] va 2001-yil 13-yanvarda[3] roʻyxatga olingan.
Vikipediyaga 2001-yil 15-yanvardaAmerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolariJimmy Wales vaLarry Sanger asos solishgan. Sanger „Vikipediya“ soʻzini inglizcha „wiki“ va „encyclopedia“ soʻzlarini birlashtirib oʻylab topgan. „Wiki“ soʻzi aslidagavayiliklarning soʻzi boʻlib, „tez“ degan maʼnoni bildiradi va koʻpchilik birgalikda yaratadigan web sahifalar shu nom bilan ataladi. Jimmy Walesning niyatiBritannica sifatiga yoki undan ham yuqori darajaga erishish va ensiklopediyani bosma holida tarqatish boʻlgan edi.
Oʻzbek tilidagi Vikipediya
Oʻzbek tilidagi Vikipediyada 330 748 ta maqola bor. Foydalanuvchilar soni — 241 373, ulardan 796 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan. Jami sahifalar soni (munozara, turkum va hokazo bilan qoʻshib hisoblaganda) — 1 198 550.
Oʻzbekcha Vikipediyaning Oʻzbekiston hududida toʻsilishi
2011-yilning oxirida nomaʼlum sabablarga koʻra Oʻzbekiston hududida oʻzbek Vikipediyasi toʻsib qoʻyildi[4]. Bu oʻzbekcha Vikipediyaning rivojlanishini jiddiy oqsoqlantirdi. Bugungi kunda esa Oʻzbekistonda foydalanuvchilar oʻzbekcha Vikipediya sahifalarini hech qanday muammolarsiz ocha oladilar.
Turli tillardagi nashrlari
Vikipediya juda koʻplab tillarda har kun, soat va soniyada toʻldirilib borilmoqda. Ayniqsa quyidagi tillar bunga yaqqol misol boʻla oladi:
- Inglizcha Vikipediya (7136279)
- Nemischa Vikipediya (3096705)
- Fransuzcha Vikipediya (2738821)
Toʻliq roʻyxatbu yerda.
Manbalar
Havolalar
 | VikiiqtibosdaVikipediyaga tegishli iqtiboslar mavjud. |