Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Versace

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Versace
Turixususiy kompaniya, fashion house va biznes
XizmatlariZamonaviy kiyimlar, parfyumeriya, soatlar, uy-ro'zg'or buyumlari
Qachon asos solingan1978-yil
JoylashuviItaliya Milan
Asoschi(lari)Gianni Maria Versace
Sof foydasi1.7 milliard yevro (2017)
635 million yevro (2013)
Ishchilar soni1500
Vebsaytiwww.versace.com
Versace. Milan, Italiya

Gianni Versace Sp. A.(qisqachaVersace) — 1978-yilda kiyim dizayneri va biznesmen GianniVersache tomonidan tashkil etilgan italyan kompaniyasi. Versace zamonaviy kiyimlar, parfyumeriya, soatlar, uy-roʻzgʻor buyumlari, aksessuarlar va boshqa yuqori sifatli moda buyumlari ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi. 1997-yilda Versace vafotidan soʻng, kompaniya boshqaruvi uning singlisi Donatella Versachega oʻtdi. Kompaniyaning logotipi Rondanini meduzasidir.Meduza afsonaviy maʼbudaga asoslangan boʻlib, unga koʻramaʼbuda sochlari ilonlardan iborat va uning sochlariga tikilgan odam toshga aylanib qoladi.Versace brendi koʻzni qamashtiradigan ramziy tasvirlari va yorqin rangga asoslangan innovatsion dizaynlari bilan mashhur.[1]

2018- yilda kompaniya oʻz kolleksiyalarida moʻynadan foydalanishni bekor qilganini eʼlon qiladi. 2018-yil 25-sentyabrdaMichael Kors Holdings Versace kompaniyasining barcha aksiyalarini 2,12 milliard dollariga sotib oladi. Aksiya xaridi 2018-yil 31-dekabrida yakunlandi, ammo unga koʻraDonatella Versace dizayn boshligʻi boʻlib qolaverdi.[2] the acquisition was completed on 31 December 2018,[3]

Tarixi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Gianni Versace dastlab oyisiga qarashli doʻkonda oʻz mahsulotlarini sotishni boshlaydi. Meʼmorchilik sohasida taʼlim olgan Gianni Versace 25 yoshidaMilan shahriga koʻchib oʻtadi. 1970-yilda esa uning qobilyati mashhur fermalar Genny va Callaghanning eʼtiborini oʻziga tortadi. Complice fermasi esa oʻz doʻkonlaridagi siluet va teri kolleksiyasi masalasini hal qilish uchun Gianni Versaceni ishga oladi. Bu yerda muvaffaqiyatga erishgan Versage tez orada ayollar uchun maxsus kolleksiyasini ommaga taqdim etadi. Shu yilning sentyabr oyida esa erkaklar kolleksiyasini ishlab chiqadi. U yaratgan kiyimlarning dastlabki mijozlari Roy Lichtenstein va Andy Warhollar edi.Versace oʻzini biznes odami emas, balki tikuvchi sifatida tanishtirishni yoqtirardi. Deyarli 10 yil ichida Versace 808 million dollarlik ulkan imperiyaga asos soladi.

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Bruno Mars (13 August 2017),Bruno Mars – Versace On The Floor [Official Video], 2021-10-31da asl nusxadanarxivlandi, qaraldi:2018-03-02
  2. „Michael Kors Holdings Limited to Be Renamed Capri Holdings Limited“ (en-CA). investors.michaelkors.com. Qaraldi: 2018-yil 26-sentyabr.
  3. Capri Holdings press release
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Versace&oldid=2921774" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp