Venger tili (magyar,magyar nyelv, eskirgan nomimajor tili (vengercha nomi —magyarok (moʻdyorok))) —vengerlar tili.Fin-ugor tillar oilasiga mansub vengerlar tili (Ural tillari), uning tarkibida Mansi va Hanti tillari bilan birgalikda ugor guruhini tashkil qiladi. U asosanVengriyaning oʻzida va u bilan chegaradosh boʻlganRuminiya, Chexiya, Slovakiya, Serbiya va Ukrainaning Zakarpate viloyatlarida tarqalgan. Venger tilida 14 mln. kishi soʻzlashadi.Yevropada uning uzoq qarindosh tillarifin tili vaeston tili tillaridir, ammo 19-asrning oxirigacha venger fin-ugor tili ekanligi shubha ostiga olingan. Boshqa tomondan, umumiy lisoniy qardoshlik soni boʻyicha Rossiya hududida yashovchi fin-ugor xalqlari —Komi,Mari,Mordva vaUdmurt tillarida uchraydi.
Venger tili hozirda Yevropada hind-yevropa boʻlmagan tillarning oz sonli tillardan biri boʻlib, ushbu til juda koʻp soʻzlashuvchilarga egadir.Milodiy 900-1000 yillar atrofidaSibir vaUraldan koʻchib kelgan koʻchmanchi protovenger qabilalari Oʻrta Dunay tekisligida, shuningdek, vengerlarga yaqin boʻlgansekey vachangoshi etnoslari joylashgan Karpat mintaqasi (Transilvaniya)da oʻtroqlasha boshladilar. Uch-toʻrt asr ilgari tekislik boʻylab koʻchib oʻtgan slavyan qabilalaridan farqli oʻlaroq, venger bosqini nisbatan kech roʻy berdi hamda slavyanlarga (shimol va janubdan), ancha jangari xaragketrga ega boʻlgan nemislar bilan (gʻarbda) va sharqda valaxlar (ruminlar) bilan resurslar uchun kuchli raqobat sharoitida amalga oshdi. Ushbu xalqlar bilan aloqalar jarayonida vengerlar Valaxlar (ruminlar) singari koʻplab slavyan leksik elementlarini qabul qildilar, ular zamonaviy venger tilining butun soʻz boyligining beshdan bir qismini tashkil etadi. XII-XIII asrlarda Vengriya Qirolligi bir qator slavyan yerlarini oʻziga boʻysundirdi.1526 yilda Turkiya bilan urushda Vengriyaning magʻlubiyati cherkov chalkashligi hamda bir yarim asr davom etgan venger islohotiga olib keldi. Islohot venger tilida bosma adabiyotning paydo boʻlishiga va oʻsishiga olib keldi, ularning aksariyati maʼlum katolik tamoyillariga qarshi chiqish maqsadida nashr etildi. Islohotning taniqli yetakchisi Matiyash Devai vengriyada birinchi boʻlib nashr etilgan asari — "Venger tili imlosi" boʻlgan.1541-1699 yillarda vengerlarning maʼlum qismiTurkiya hukmronligi ostida yashaydi. Vengriyadagi turkiy taʼsir, u yerda allaqachon kuchli turkiy substratni yuzaga keltirgani yaqqol sezilib qoldi.Transilvaniya yarim mustaqil boʻlib qolishda davom etdi; unda venger protestant adabiyoti faol rivojlandi. Va nihoyat, Vengriya yerining ozgina qismi Avstriya toji hukmronligi ostida qoldi.Avstriya imperiyasi tarkibiga qoʻshilgandan va protestantlarga qarshi zudlik bilan repressiyadan soʻng, venger tili kuchli nemis taʼsirini boshdan kechirdi, ammo venger tili asta-sekinTransleytaniya (Avstriya-Vengriyaning venger qismi)ning yagona rasmiy tili sifatida oʻz hukmron mavqeini tiklab oldi.1867-1918 yillar oraligʻida venger tilining oltin davri deb hisoblash mumkin, chunki u Markaziy Yevropaning Karpatdan Adriatika dengizigacha boʻlgan bepoyon kengliklarida lingva franka vazifasini bajaradi. Transilvaniyaning koʻplab shaharlari deyarli butunlay venger tilida soʻzlashadigan boʻlib qoldi. Vengriyadagi koʻplabyahudiylar,nemislar valoʻlilar venger tiliga oʻtdilar, shu jumladan Transilvaniya sakslari ham; ozroq darajada — boshqa xalqlar:ruminlar,slovaklar,serblar vaxorvatlar,ruslar vaslovenlar ham venger tilida soʻzlasha boshladilar.Va shunga qaramay, bu xalqlarning assimilyatsiyasiga venger tili va qoʻshni xalqlarning tillari oʻrtasidagi kuchli farq, oʻzlashma soʻzlarni kiritish oʻrniga oʻz soʻz boyligini yaratish istagi toʻsqinlik qildi. 19-asrning oxiriga kelib assimilyatsiya bosimi va Vengriya elitasi tomonidan qirollik ozchiliklarining mahalliy milliy tillarini taʼqib qilish kuchaygan. Trianon shartnomasi Vengriya hududining sezilarli darajada qisqarishiga olib keldi. 1918 yildan soʻng, Vengriyadan tashqari hozirgi zamon chegaralarida — asosanSlovakiya, Transkarpatiya,Transilvaniya va Voyvodinada venger tilining qoʻllanilishida sezilarli pasayish yuz berdi.
Venger tilida saqlanib qolgan birinchi yozma yodgorlik —"Dafn marosimi va ibodat" (Halotti beszéd és könyörgés) 1200 yil atrofida yaratilgan. Shu bilan birga, 16-asrning 2-yarmiga qadar. Vengerlar oʻz matnlarini yozishda asosan lotin va nemis tillaridan foydalanganlar. Nemis tili hali ham vengerlar orasida eng keng tarqalgan chet tili hisoblanadi. 20-asrning oʻrtalariga qadar vengerlar nemis tilini bilish boʻyicha ikkinchi oʻrinda turganlar. 16-17 asrlarda milliy oʻziga xoslikning uygʻonishi bilan vengerlar tobora oʻz ona tilini afzal koʻrishmoqda.
Venger tili yozma yodgorligi 14-asrning 2-yarmiga oid boʻlib, qabr toshlarida uchraydi. Hozirgi venger tili lotin alifbosidagi venger alifbosidan foydalanadi. Umumiy fikrga koʻra, lotin yozuviga oʻtish vengerlar tomonidan nasroniylikning qabul qilinishi bilan bogʻliq. Maʼlumki, bundan oldin vengerlar runlardan (rovás írás,rovash irash) foydalanishgan, bu yozuv namunalari oʻtgan asrning oxirida venger etnosi sekei (székely)lar yashaydigan hududdan topilgan. 17-asrdan venger adabiy tili shakllana boshlagan.
Harf | Nomi | Oʻqilishi |
---|
A a | a | o |
Á á | á | a |
B b | bé | b |
C c | cé | ts |
Cs cs | csé | ch |
D d | dé | d |
Dz dz | dzé | dz |
Dzs dzs | dzsé | dj |
E e | e | e |
É é | é | e: |
F f | ef | f |
G g | gé | g |
Gy gy | gyé | dy |
H h | há | h |
I i | i | i |
Í í | í | i: |
J j | jé | y |
K k | ká | k |
L l | el | l |
Ly ly | el ipszilon | y |
M m | em | m |
N n | en | n |
Ny ny | eny | ny |
O o | o | oʻ |
Ó ó | ó | oʻ: |
Ö ö | ö | yoʻ |
Ő ő | ő | yoʻ: |
P p | pé | p |
R r | er | r |
S s | es | sh |
Sz sz | esz | s |
T t | té | t |
Ty ty | tyé | ty |
U u | u | u |
Ú ú | ú | u: |
Ü ü | ü | yu |
Ű ű | ű | yu: |
V v | vé | v |
Z z | zé | z |
Zs zs | zsé | j |
Faqat chet tilidan oʻzlashgan soʻzlarda qoʻllaniluvchi harflar |
---|
Q q | kú | |
W w | dupla vé |
X x | iksz |
Y y | ipszilon | |
Venger tili fonetikasi uchun unlilarning ham palatal, ham labial uygʻunlashuvi xosdir. Bu holat soʻz negizlarida koʻshimcha orttirilganda kuzatiladi. Soʻz urgʻusi esa asosan birinchi boʻgʻinga tushadi.
Venger tili morfologik nuqtayi nazardanagglyutinativ. Otlar son (birlik va koʻplik),kelishik (20 ga yaqin) bilan turlanadi. Ularda grammatik jins yoʻq. Sifat va sonlar boshqa soʻzlar bilan bitishuv orqali birikadi. Otlar suffiks va negizlar birikuvi vositasida yasaladi. Feʼllar son (birlik va koʻplik), uch shaxs, uch zamon, uch mayl (aniqlik, buyruq, shart) bilan tuslanadi. Yordamchi soʻzlar — koʻmakchi, bogʻlovchi, yuklamalar, aniq va gumon artikllaridan iborat. Leksikasida koʻpgina turkiy vanemis tillaridan oʻzlashgan soʻzlar bor.
Venger tilida bitta ot kesim vazifasini bajarishi mumkin:Apám tanító ("Otam oʻqituvchi"). Hozirgi zamonning uchinchi shaxsidavan "-dir" bogʻlovchisi keladi:István tanuló ("Ishtvan talabadir"). Neytral jumlalarda soʻzlarning tartibi "SVO" (ega - kesim - toʻldiruvchi):Én megyek az iskolába "Men maktabga boraman (fakt)", boshqalarda esa bu har doim keladigan gapning diqqat markaziga bogʻliq:Az iskolába megyek én "Makbatga men boraman (boshqa joyga emas)".
V-IX asrlarda venger tiliturkiy tillarning taʼsiri sezilarli darajada boʻlgan. IX asrdanslavyan elementlari venger tiliga kira boshladi. Vengerlar nasroniylikni qabul qilgandan soʻng,lotin tili diniy rasmiy tili boʻlib, venger tiliga oʻsha davrda lotin va yunoncha atamalar kirib keldi. Va nihoyat, soʻnggi ikki asr davomida germanizmlar, galitsizmlar va italyan soʻzlari venger tiliga faol kirib keldi. 20-asrning oʻrtalarida — rusizm, 20-asrning oxiridan anglitsizim va amerikanizmlar oʻzlashdi.Ural orqali,Karpat togʻlari orqaliRossiya tekisligi boʻylab zamonaviy Vengriya hududiga oʻtishda protovenger qabilalari koʻplab slavyan xalqlari va qabilaviy guruhlar bilan, shuningdek turklar va eroniylar bilan aloqada boʻlishgan. Bu venger tilining soʻz boyligida aks etadi: unda koʻplaberoniy vaturkiy oʻzlashmalar saqlanib qolgan.Turkcha oʻzlashma soʻzlargagyümölcsök ("meva", turkiychaйемиш/yemiş, chuvashcha,çимĕç), shuningdekalma (olma) soʻzlarini misol keltirish mumkin.Venger tili leksik qatlamining 30% qismi kelib chiqishi nomaʼlum soʻzlardir.
- Венгерский язык // Большая российская энциклопедия. Том 5. — М., 2006.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil