Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Vasim Sajjod

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vasim Sajjad
urducha:وسیم سجاد
 Pokiston Prezidenti
vazifasini bajaruvchi
Mansab davri
1993-yil18-iyuldan – 14-noyabrgacha
OʻtmishdoshiGʻulom Isxoq Xon
VorisiFaruq Ligʻoriy
 Pokiston Prezidenti
vazifasini bajaruvchi
Mansab davri
1997-yil2-dekabrdan – 1998-yil1-yanvargacha
OʻtmishdoshiFaruq Ligʻoriy
VorisiMuhammad Rafiq Taror
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi30-mart1941-yil (1941-03-30) (84 yosh)

Vasim Sajjod (urducha:وسیم سجاد‎);30-mart1941-yil) – 2 karra Pokiston prezidenti vazifasini bajaruvchi. Ayni paytda muxolifat yetakchisi boʻlgan[1].

Biografiyasi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Vasimning otasi Ahmad Sajjod sudya edi. Vosim Panjob universitetida oʻqigan va 1961-yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan. Bir qator universitet imtihonlarida (ingliz tili va siyosatshunoslik) koʻplab oltin medallarni qoʻlga kiritdi. U, shuningdek, 1962-yilda huquq kollejitennis jamoasi sardori[2].

Vosim Sajjod 1985-yilda Senatga saylangan. 1986-yil sentyabridan 1988-yil dekabrigacha Adliya vaziri lavozimida ham ishlagan. 1988-yil 24-dekabrda Senat raisi etib saylandi. Sajjod 1991-yilda yana senator etib saylangan. Vasim Sajjod Senat raisi sifatida bir necha bor Pokiston prezidenti vazifasini bajaruvchi boʻlgan. Masalan, 1993-yilda Gʻulom Isxoqxon vaNavoz Sharif oʻrtasidagi qarama-qarshilik tufayli Milliy Assambleya tarqatib yuborilganda, u prezident vazifasini bajaruvchi boʻlgan[3].

1997-yil 2-dekabrda prezidentFaruk Legarining isteʼfoga chiqishidan soʻng, Vasim Sajjod Senat raisi sifatida yana prezident vazifasini bajaruvchi boʻldi[4].

Pokiston parlament delegatsiyasi rahbari sifatida bir qancha davlatlarga, jumladanAQSh,Buyuk Britaniya,Kanada,Fransiya,Gʻarbiy Germaniya,Xitoy,Saudiya Arabistoni,Polsha,Yaponiya,Malayziya,Filippin vaTailandga amaliy tashriflarni amalga oshirdi[5].

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „Wasim Sajjad“ (en) (deadlink). 2012-yil 16-dekabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-oktyabr.
  2. „Wasim Sajjad“ (en). 2012-yil 16-dekabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-oktyabr.
  3. „Wasim Sajjad“ (en). 2012-yil 16-dekabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-oktyabr.
  4. „Wasim Sajjad“ (en). 2012-yil 16-dekabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-oktyabr.
  5. „Wasim Sajjad“ (en). 2012-yil 16-dekabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-oktyabr.
Flag of the President of Pakistan
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Vasim_Sajjod&oldid=5136287" dan olindi
Turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp