Vandallar — qadimgi german xalqlarining sharqiy tarmogʻiga mansub kabila boʻlib, dastlabYutlandiya yarim orolda, mil. av. 1-asrdan esa —Oder vaVisla daryolari, shuningdekSudet vaKarpat toglari oraligʻidagi hududlarda yashashgan. Vandallar ikki qavmga (silinglar va xasdinglar) boʻlingan. Mil. 2-asrdaMarkoman urushida qatnashib, hozirgiVengriya hududiga qadar siljiganlar. 4-asrdaPannoniyada oʻrnashib olgan vandallarRimga yollanma askarlar yetkazib berishgan, ular orasidan iqtidorli sarkardalar ham (Stilixon) yetishib chiqqan. Vandallaralanlar va svevlar bilan birgalikda Gʻarbga yurish qilib (406-yil),Reyn daryosidan kechib oʻtishgan va butunGalliyani bosib oʻtibIspaniyaga qadar borishgan (409-yil). Bu toʻgʻrida hozirgiAndalusiya (Vandalusiya) provinsiyasiping nomi hanuzgacha eslatib turadi. Silinglar Ispaniyadavestgotlar tomonidan deyarli tor-mor etilganlar, xasdinglar esaGeizerix rahbarligi ostida 429—439-yillarda Rim imperiyasiga qarashliShimoliy Afrikani bosib olganlar va hozirgiTunis hududida oʻrnashganlar. Vandallar qirolligi Rim imperiyasiga tobe yerlarda barpo etilgan birinchi german qirolligi edi. Vandallar flotiOʻrta dengizda hukmron boʻlib olgan. Vandallar 455-yil Rimni talon-toroj qilishgan, Balsar orollari,Sardiniya vaKorsikani egallashgan.Vizantiya sarkardasiVelizariy 533—534-yillarda vandallar qirolligini zabt etgan. Vandallar tarixda oʻzlarining talonchilik, bosqinchiliklari bilan mashhur boʻlishgan. Shu tufayli madaniy qadriyatlarni bekordan bekorga yoʻq qilinishini anglatuvchivandalizm tushunchasi paydo boʻlgan.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil