Valentina Marchei | |
---|---|
![]() Marchei, 2017-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Italiya |
Tavalludi | 23-may1986-yil (1986-05-23) (38 yosh) Milan, Italiya |
Boʻyi | 1.61 m (5 ft 3 in) |
Oldingi sheriklari | Ondřej Hotárek |
Jamoasi | Sesto Ice Skate |
Uchishni boshlagan | 1993 |
Yakunlagan | 2020 |
Shaxsiy rekordlari | |
Qisqa dastur | 74.50 |
Erkin dastur | 142.09 |
Valentina Marchei (talaffuzi:Valentina Markey; 1986-yil 23-mayda tugʻilgan) — Italiya vakili sifatida yakka holda va juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan sobiq figurali uchuvchi. Yakka holda konkida uchuvchi sifatida besh karra Italiya milliy chempioni (2004, 2008, 2010, 2012, 2014) boʻlgan. 2013-yilgi Yevropa chempionatida 4-oʻrin va 2012-yilgi Jahon chempionatida 8-oʻrinni egallagan. Valentina 2014-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida Italiyani himoya qilgan va 11-oʻrinni egallagan. Shuningdek, Marchei Italiya vakiliOndřej Hotárek bilan juftlikda konkida uchish musobaqalarida ishtirok etgan. Bu juftlik 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida 6-oʻrindan joy olgan.
Valentina Marchei 1986-yil 23-mayda ItaliyaningMilan shahrida tugʻilgan. U 1980 va 1984-yilgi Olimpiadalarda qatnashgan Marko Marcheyning qizi.
Marchei 1993-yilda konkida uchishni boshlagan va unga Christina Mauri murabbiylik qilgan.
Marchei 2008-yil sentyabr oyida murabbiyNikolay Morozov qoʻl ostidaNew Jersey shtatining Hackensack shahrida mashgʻulotlar oʻtay boshlagan. U 2008 — 2009-yilgi mavsumning ko‘p qismini 2008 Skate America turnirida ishtirok etigan holda oʻtkazgan. Marchei 2009 — 2010-yillarda Gran-pri musobaqasida qatnashish uchun yoʻllanma olmagan. Marchei 2010-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etib, 8-oʻrinni egallagan. 2010 — 2011-yillarda Marchei2010 Skate Canada International va 2010-yilgi Rossiya kubogi musobaqalarida qatnashgan[1]. U 2011-yilgi Yevropa chempionatida ham ishtirok etgan holda, 10-oʻrinni egallagan[2].
Marchei 26-iyulidaOndřej Hotárek bilan juftlik hosil qilgan. JuftlikkaMonrealda Markotte vaMilanda Franka Byankoni murabbiylik qilgan[3].
Marchei / Hotárek juftligi 2014-yil dekabr oyida Italiya milliy chempionatida ishtirok etib oltin medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2015-yil yanvar oyidaShvetsiyaning Stokgolm shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida toʻrtinchi va mart oyida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida oʻn birinchi oʻrindan joy olgan[4].
2018-yil 16-sentabrda Marchei oʻzining Instagram hisobi orqali Hotárek bilan juftlik hamkorligini tugatganini eʼlon qilgan[5].
Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
2017 — 18 |
|
|
2016 — 17 |
|
|
2015 — 16 |
|
|
2014 — 15 |
|
|
GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Xalqaro | ||||
---|---|---|---|---|
Musobaqa | 2014 — 15 | 2015 — 16 | 2016 — 17 | 2017 — 18 |
Olimpiada | 6 | |||
Jahon chempionati | 11 | 14 | 9 | 10 |
Yevropa chempionati | 4 | 5 | 6 | 5 |
Cup of China | 5 | |||
GP Rostelecom Cup | 6 | 4 | 4 | |
GP Skate America | 8 | |||
GP Skate Canada | WD | |||
CS Golden Spin | 2 | |||
CS Warsaw Cup | 3 | WD | 1 | 1 |
Lombardia Trophy | 1 | |||
Seibt Memorial | 1 | |||
Milliy | ||||
Italiya chempionati | 1 | 2 | 2 | |
WD: Musobaqani tark etgan; |