Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Ustoz oshxonasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ushbu sahifa nomi mavzuningrasmiy tarjimasidir. Iltimos, uni oʻzgartirmang.
Ustoz oshxonasi
Rejissyor(lar)Anwar Rasheed
Prodyuser(lar)Listin Stephen
Ssenariynavis(lar)Anjali Menon
RollardaThilakan
Dulquer Salmaan
Nithya Menen
Sharhlovchi(lar)Mamukkoya
Bastakor(lar)Gopi Sunder
KinematografiyaLoganathan Srinivasan
Muharrir(lar)Praveen Prabhakar
Studiya(lar)Magic Frames
DistribyutorCentral Pictures
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi150 daqiqa
MamlakatHindiston bayrogʻiHindiston
TilMalayalam
Daromadi

₹15 crore[1]

[2]

Ustoz oshxonasi yokiUstod oshxonasi[3] (inglizcha:„Ustad Hotel“) — rejissyorAnwar Rasheed tomonidan suratga olingan 2012-yilgihindmalayalam tilidagi drama filmi[4].

Syujeti

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Keralada Abdulrazzoq va Farida ismlimusulmon juftlik farzand kutishmoqda. Abdulrazzoq tugʻilajak farzand oʻgʻil boʻlishni xohlaydi va bolaning ismini Fayzi deb qoʻymoqchi boʻladi. Lekin Farida qizaloq tugʻadi. Bundan soʻng Farida yana uchta qizni dunyoga keltiradi, lekin Abdulrazzoq bundan xursand boʻlmaydi. U oʻgʻli boʻlishini va unga Fayzi deb ism qoʻyishni xohlaydi. Farida yana homilador boʻladi va nihoyat oʻgʻli tugʻadi, lekin oʻzi vafot etadi.

Abdulrazzoq 5 farzandi bilanDubayga ketadi. Kenja farzandi Fayzi opalari qoʻlida tarbiya topadi. U koʻproq oʻgʻil bolalar ishini emas, balki qizlarning yumushlarini sevib qiladigan,taom pishirishni juda ham yaxshi koʻradigan boʻlib voyaga yetadi. Uning opalari birin-ketin turmushga chiqishadi. Otasi ham ikkinchi marta turmush quradi.

Kunlardan bir kun Fayzi uchunShveytsariyada oʻqish uchun katta imkoniyat paydo boʻladi va bundan foydalaniboshpazlik boʻyicha tahsil olib qaytadi. Qaytib kelganida otasi uni uylantirishni, ungamehmonxona ochishni reja qilganini aytadi, lekin Fayzi otasi aytganini qilmaydi. U bobosining oldiga boradi va undan oshpazlik sirlarini oʻrganishga kirishadi. Bu orada birmehmonxonagaoshpaz boʻlib ishga kiradi.

Fayzi ishlayotganmehmonxona bobosiningoshxonasini sotib olmoqchi, u yerda mehmonxonasini kengaytirmoqchi boʻladi. Fayzi esa oshxona hodimlari va avval uchrashuvga chiqqan qizi Shahana bilan hamkorlikda bobosining oshxonasini qayta ochishadi va muvaffaqiyatga erishadilar.

Rollarda

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. „Year of small films at southern box-office“ (2012-yil 25-dekabr). 2016-yil 3-martda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-dekabr.
  2. „Meet the top five show stealers of 2012“.The Times of India (2012-yil 14-dekabr). 2016-yil 14-iyunda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-may.
  3. uzmovi.com. „USTOD OSHXONASI“.
  4. Nagarajan, Saraswathy. „Beachside hotel“ (2012-yil 21-iyun). 2012-yil 27-iyulda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-iyun.
  5. „Narayanan Krishnan – The real inspiration behind the latest Malayalam movie Usthad Hotel“. 2012-yil 6-noyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-oktyabr.
  6. Ammu Zachariah.. „Bhagath all praise for Anwar Rasheed“ (2012-yil 3-mart). 2013-yil 3-yanvarda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-noyabr.
  7. 7,07,1Ammu Zachariah.. „When Bhagath Manuel turned tutor“ (2012-yil 28-fevral). 2013-yil 3-yanvarda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-noyabr.
  8. L Romal M Singh.. „I prefer being behind the camera: Littil Swayamp“ (2012-yil 9-oktyabr). 2012-yil 2-noyabrda asl nusxadanarxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-oktyabr.
  9. „5 memorable faces of Jishnu“ (en). www.onmanorama.com (2016-yil 25-mart).

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
VikiiqtibosdaUstoz oshxonasiga tegishli iqtiboslar mavjud.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Ustoz_oshxonasi&oldid=5248448" dan olindi
Turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp