UEFA Chempionlar ligasi 2014/2015UEFA tomonidan oʻtkazilib kelinayotgan, Yevropaning eng kuchli klublari oʻrtasidagifutbol musobaqasining 60-mavsumi hisoblanadi va musobaqa nomi Yevropa chempion klublari kubogi nomidanUEFA Chempionlar ligasi nomiga oʻzgartirilgandan keyin, ushbu nom ostida oʻtkazilayotgan 23-musobaqa hisoblanadi.
Ushbu mavsumda jamoalar ilk bora UEFAning feyr-pley tartibga solish dasturiga boʻysinishadi.[2] Bundan tashqari, 2013-yilning may oyida UEFA KongressidaGibraltar Futbol Assotsiatsiyasi UEFAning 54-aʼzosi sifatida qabul qilgandan soʻng, ilk boraGibraltar davlatidan klub ushbu musobaqada ishtirok etdi.[3] Ular 2013 va 2014-yilgi Gibraltar futbol chempionati gʻolibiLincoln Red Imps klubi uchun ushbu musobaqada bitta joy ajratishdi.[4][5]
2014-yil 17-iyulda, UEFA favqulodda holatlar hayʼati eʼlon chiqardi, unga koʻrasiyosiy notinchlik tufayli Rossiya va Ukraina futbol klublari qurʼa boʻyicha bir biriga qarshi tushmaydigan boʻlishdi.[6] Shuningdek, 2014-yilgi Gʻazo va Isroil majorosi tufayli, Isroil jamoalari uchun har qanday UEFA chempionatlari uchun mezbonlik qilish taqiqlandi.[7] Musobaqaning guruh bosqichi boshidan olingan sariq kartochkalar soni chorak finalgacha amalda boʻladigan boʻldi va yarim finalda bu hisob oʻz kuchini yoʻqotadi.[8] Bundan tashqari, ushbu mavsumda ilk bora oq suyuqlik purkagichdan foydalanildi.[9]
UEFAga aʼzo boʻlgan 54ta assotsiatsiyaning 53tasidan jami 77ta klub UEFA Chempionlar ligasi 2014/2015 musobaqasida ishtirok etadi (Lixtenshteyn ichki chempionati yoʻqligi sababli ushbu chempionatga kiritilmadi). UEFA davlatlari koeffitsiyentalariga asoslangan assotsiatsiyalar reytingiga qarab, har bir assotsiatsiyadan qancha klub ishtirok etishi bilgilanadi:[10]
Assotsiatsiya 1-3 har biridan 4tadan klub ishtirok etadi.
Assotsiatsiya 4-6 har biridan 3tadan klub ishtirok etadi.
Assotsiatsiya 7-15 har biridan 2tadan klub ishtirok etadi.
Assotsiatsiya 16-54 (Lixtenshteyndan tashqari) har biridan 1tadan klub ishtirok etadi.
AgarUEFA Chempionlar ligasi 2013/2014 gʻolibi oʻzining mamlakatining ichki chempionatlari orqali ushbu chempionatga yoʻllanma ololmasa, ularga unvon egasi sifatida qoʻshimcha imkoniyat beriladi (cheklanishlar tufayli, hech bir assotsiatsiya 4tadan oshiq klub bilan chempionlar ligasida ishtirok etolmaydi, agar unvon egasi 3ta eng yaxshi reytingli assotsiatsiyadan boʻlsa va ichki chempionatida berilgan 4ta oʻrindan joy ololmasa, unvon egasi 4 klubli assotsiatsiyaning 4-klubi sifatida yoʻllanma oladi). Biroq, bu imkoniyat bu safargi chempionatda ishlatilmadi, chunki unvon egasi oʻzining ichki chempionatida ajratilgan oʻrinlarni egallab yoʻllanma oldi.
2007-08 yildan 2011-12 yilgacha boʻlgan vaqt oraligʻida Yevropa chempionatlarida koʻrsatgan natijalari boʻyicha hisoblanganUEFA koeffitsiyentlar jadvali yordamida, assotsiatsiyalar UEFA Chempionlar ligasi 2014/2015 uchun oʻrinlarga ajratildi.[11][12]
Real Madrid klubi ushbu chempionatga Ispaniya ichki chempionatidan yoʻllanma oldi va guruh bosqichida oʻtgan yilgi musobaqa gʻolibi uchun ajratilgan oʻrin boʻsh qoldi, jadval esa quyidagi koʻrinishda tus oldi.[13][14][15]
13ta assotsiatsiyalar chempionlari (Shveysariya) guruh bosqichiga 3-oʻtish roundidan oʻyinlarga kirishadi.
^Serbiya (SRB):Red Star Belgrade,2013/2014-yilgi Serbiya super ligasi, chempionlar ligasi 2-oʻtish roundiga yoʻllanma olgan edi, biroq, jamoa UEFA klublar litsenziyasi va iqtisodiy feyr-pley qununlarini buzganligi uchun UEFA tomonidan musobaqada ishtiroki taqiqlandi.[18] Natijada, uning oʻrni ichki chempionatning 2-oʻriniPartizan klubiga berildi.
^Turkiya (TUR):Fenerbahçe,2013/2014-yilgi Turkiya super ligasi, chempionlar ligasi guruh bosqichiga yoʻllanma olgan edi, biroq, 2011-yilgi Turkiya sportidagi korrupsiya tufayli UEFA klubni chempionlar ligasidagi bu yilgi ishtirokini taqiqladi.[19][20] Natijada,Galatasaray, Turkiya chempionati 2-oʻrinini olgan va chempionlar ligasi 3-oʻtish roundida qatnashishi kerak edi ammo, Fenerbahceni oʻrniga guruh bosqichidan ishtirok etadi, uning oʻrniga 3-oʻtish rounddaBeşiktaş klubi ishtirok etadi.
6-iyunda boʻlib oʻtadigan final uchrashuvi, 11-iyunda boshlanadiganCopa América 2015 musobasida qatnashuvchi ushbu chempionatda qatnashayotgan Janubiy Amerikalik futbolchilar uchun qiyinchilik tugʻdirishi mumkin. FIFA xalqaro qonuniga muvofiq, klublarda oʻynovchi futbolchilar xalqaro turnirda ishtirok etadigan boʻlsa, oʻsha turnir boshlanguncha 14 kun klub oʻyinlaridan ozod boʻlishi kerak, agar ushbu qonun kuchga kirsa 6-iyundagi chempionlar ligasi finalida Copa Amerika musobaqasida ishtirok etuvchi janubiy amerikalik futbolchilar qatnashmaydi. Agar futbolchilarga chempionlar ligasi finalida oʻynashga ruhsat berilsa Copa Amerika turniri boshlanguncha 5 kun ichida ular oʻz qitʼalariga borib jamoalariga qoʻshilishadi.[22]
Saralash va pley-off roundlarida, jamoalar 2014-yilgiUEFA koeffitsiyentlar jadvali asosida 2 xil tanlangan va tanlanmagan jamoalarga boʻlindi,[23][24][25] vakeyin jamoalar ikki uchrashuvli uy va safar oʻyinlari orqali saralanadi. Bitta assotsiatsiyadan boʻlgan jamoalar bir biriga qarshi maydonga tushmaydi.
Birinchi va ikkinchi saralash roundlari uchun qurʼa tashlash 2014-yilning 23-iyunida boʻlib oʻtdi.[26] Birinchi uchrashuv 2014-yilning 1 va 2-iyulida hamda ikkinchi javob uchrashuvi oʻsha yilning 8-iyulida boʻlib oʻtdi.
Uchinchi oʻtish roundi ikki qismga ajratiladi: biri chempionlar va ikkinchisi chempion boʻlmaganlar. Yuqazgan jamoalarUEFA Yevropa ligasi 2014/2015 pley-off roundida yurishini davom ettiradi.
Uchinchi round uchun qurʼa tashlash 2014-yilning 18-iyulida boʻlib oʻtdi.[28] Birinchi uchrashuv 2014-yilning 29 va 30-iyul kunlari, ikkinchi uchrashuv oʻsha yilning 5 va 6-avgust kunlari boʻlib oʻtdi.
^ UEFACeltic klubiga avtomatik tarzda 3–0 hisobidagi gʻalabani belgiladi, sababiLegia Varshava oʻyinchisiBartosz Bereszyński ikkinchi javob uchrashuvda maydonga tushmasligi kerak edi, ammo, jamoa qoidani buzdi. Haqiqiy oʻyinda Legia Varshava jamoasi 2-0 hisobida gʻalaba qozongan edi.[29]
Pley-off roundi ikki qismga ajratiladi: biri chempionlar va ikkinchisi chempion boʻlmaganlar. Chempion boʻlmaganlarUEFA Yevropa ligasi 2014/2015 guruh bosqichida yurishini davom ettiradi.
Pley-off roundi uchun qurʼa tashlash 2014-yilning 8-avgustida boʻlib oʻtdi.[30] Birinchi uchrashuv 2014-yilning 19 va 20-avgust kunlari, ikkinchi uchrashuv oʻsha yilning 26 va 27-avgust kunlari boʻlib oʻtdi.
UEFA Chempionlar ligasi 2014/2015 guruh bosqichida ishtirok etuvchi klublarning xaritada joylashuvi. Malla: A guruhi; Qizil: B guruhi; Toʻq sariq: C guruhi; Sariq: D guruhi; Yashil: E guruhi; Koʻk: F guruhi; Binafsha: G guruhi; Pushti: H guruhi.
Guruh bosqichi uchun qurʼa tashlash marosimi 2014-yil 28-avgustdaMonakoda boʻlib oʻtdi.[31] 2014-yilgiUEFA koeffitsiyentlar jadvaliga binoan 32ta klub 4ta savatchaga joylashtirildi,[23][24][25] oʻtgan chempionat gʻolibiReal Madrid unvon sohibi sifatida, bevosita 1-savatchaga joylashtirildi. Ular 4tadan 8ta guruhga qurʼa yordamida ajratiladi va bitta assotsiatsiyadan boʻlgan jamoalar bir guruhga tushmaydi.
Har bir guruhda, jamoalar bir biri bilan ikki martadan oʻynaydi yani safar va uy uchrashuvlari sistemasida. Guruh bosqichi tur oʻyinlari 2014-yilning 16-17 sentabr, 30-sentabr va 1-oktabr, 21-22 oktabr, 4-5 noyabr, 25-26 noyabr hamda 9-10 dekabr kunlari boʻlib oʻtadi. Har bir guruhning 1 va 2-oʻrinlarinimchorak finalga yoʻllanma oladi, guruhlarda 3-oʻrinni olgan jamoalarYevropa ligasi 1/32 finaliga tushadi va ushbu musobaqada ham omadlarini sinash uchun imkoniyat boʻladi.
Ushbu guruh bosqichida, jami 18ta assotsiatsiyadan klublar ishtirok etdi,Ludogorets Razgrad vaMalmö FF klublari guruh bahslarida ilk debyutini oʻtkazdi.[32]
Guruh bosqichiga chiqqan jamoalar, shuningdek, 19 yoshgacha boʻlganUEFA Yoshlar ligasi 2014/2015 musobqasida qatnashish huquqini ham qoʻlga kiritadilar.
Pley-off bosqichida, jamoalar ikkita uchrashuv oʻtkazadilar (uy va safar uchrashuvlari), faqat final bundan mustasno. Har bir round uchun qurʼa mexanizmi quyidagicha:
Nimchorak uchun qurʼa tashlashda, 8ta guruhning 1-oʻrinlari tanlanib olindi va 8ta guruhning 2-oʻrinlari tanlanmadi. 1-oʻrinli tanlangan jamoalar 2-oʻrinli tanlanmagan jamoalarga qarshi qurʼa jarayonida taqsimlandi va guruhning 1-oʻrini nimchorak finalning 2-uchrashuvida mezbonlik qiladigan boʻldi. Bir xil guruhdan va bir xil assotsiatsiyadan boʻlgan jamoalar nimchorak finalda bir biriga qarshi oʻynamaydi.
Chorak finalda qurʼa sistemasida tanlangan jamoalar boʻlmaydi, bir xil assotsiatsiya va bir xil guruhdan boʻlgan klublar chorak finalda bir biriga qarshi oʻynashi mumkin.
Qur'a tashlash marosimi 2014-yil 15-dekabr kuni bo′lib o′tdi.[33] Nimchorak final 1-uchrashuvlari 2015-yilning 17, 18, 24 va 25-fevral kunlari boʻlib oʻtadi va 2-uchrashuv oʻsha yilning 10, 11, 17 va 18-mart kunlari boʻlib oʻtadi.
Qurʼa tashlash marosimi 2015-yilning 20-martidqa boʻlib oʻtdi.[34] Birinchi uchrashuvlar 2015-yilning 14 va 15-aprel kunlari, ikkinchi javob uchrashuvlari esa oʻsha yilning 21 va 22-aprel kunlari boʻlib oʻtadi.
Yarim final va final oʻyinlariga 2015-yilning 24-aprelida qurʼa tashlandi.[35] Yarim finalning 1-uchrashuvi 2015-yilning 5 va 6-may kunlari, hamda, 2-javob ucrashuvlari oʻsha yilning 12 va 13-may kunlari boʻlib oʻtadi.