Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Tutek

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tutek yokitutek (ozarb.ozarbayjoncha:Tütək) — ozarbayjon, arman, tojik, togʻ yahudiylari,tat (tyutak nomi bilan ataladi) nay turidagipuflama musiqa asbobi, qadimdan, asosan choʻponlar orasida ommabop boʻlgan. Bu 6-7 oʻyin teshigiga ega boʻlgan naycha[1] hisoblanadi. Ozarbayjonda tutekning katta-kichik navlari asosan xalq cholgʻulari ansambllari va orkestrlarida yakkaxon cholgʻu asboblari sifatida qoʻllanadi.[2]

Tayyorlanishi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Uning silindrsimon tanaga ega boʻlib, mazkur asbob oʻrik, yongʻoq, tut daraxti yoki qamishdan tayyorlanadi. Uzunligi 280–300 mm, diametri 20 mm boʻlgan tanasida old tomondan 6-7, orqa tomondan bitta teshik ochilgan.[2]

Eshitilishi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Eshitilishi sokin, past registrda nafis, baland, hushtakli — baland ohangda boʻlishi mumkin. Tutekda asosan choʻpon va hoʻkiz podachilari ijro etishadi: ular (yakkaxon) qoʻshiqlar, raqslar va dasturli cholgʻu asarlarini ijro etishadi, koʻpincha virtuoz, melizmalar bilan bezalgan boʻladi; ansambllarda koʻp ishlatiladi. Asbobning tovush diapazoni kichik oktavaning „si“sidan uchinchi oktavaning „do“sigacha boʻlgan diapazonni qamrab oladi. Malakali ijrochi ushbu diapazonni bir necha tovushga oshirishi mumkin.[2]

Yana qarang

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Абдуллаева С. Народные музыкальные инструменты Азербайджана, Баку, 1972. 
  2. 2,02,12,2Medjnun Kerimov. Atlas traditsionnoy azerbaydjanskoy muziki. Babalan

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
Tutek haqida Vikipediyaningqardosh loyihalarida koʻproq bilib oling
Maʼno va tarjimalariVikilugʻatda
Media fayllarVikiomborda
Taʼlim resurslariVikiversitetda
XabarlarVikiyangiliklarda
Iqtibos, maqol va matallarVikiiqtibosda
Asarlar matnlariVikimanbada
Kitob va darsliklarVikikitobda
  • „Тутак“, Музыкальный энциклопедический словарь. М.: Советская энциклопедия, 1990 — 558-bet. 
  • „Тутек“, Музыкальная энциклопедия. Том 5. М.: Советская энциклопедия, 1981 — 655-bet. 
  • „Тутак, тутек“, Музыкальные инструменты. Энциклопедия. М.: Дека-ВС, 2008 — 609-bet. 
Bu maqolabirortaturkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling.(Aprel 2024)
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Tutek&oldid=5100548" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp