Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Truba

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang:Truba (maʼnolari).
Truba
Registri


    {
      \new Staff \with { \remove "Time_signature_engraver" }
      \clef treble \key c \major \cadenzaOn
      fis1 \glissando c'''1
    }
Oʻxshash asboblar

Gorn,kornet
Musiqachilar

V. Pulatov, V. Verigin, M. Muhiddinov

Truba (italyancha:tromba,fransuzcha:trompette,nemischa: Trompete— quvur,inglizcha:trumpet[1]) – yuqori registrli mispuflama soz.

Umumiy maʼlumot

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Yorqin va kuchli ovozga, keng texnik (virtuoz) imkoniyatlarga ega. Nayi bir aylana bukilgan, kanalining uzunligi 1500 mm atrofida. Qadimdan maʼlum boʻlib, oʻrta asrlarda harbiy, signal musiqa cholgʻusi sifatida keng tarqalgan.Jez yokimis varux qotishmasidan yasaladi. XIX asr boshidan pompa yoki ventil mexanizmli trubalar paydo boʻlgan. Hozirda, asosan, si bemol (in V) va do (in S) tonidagi trubalar qoʻllanadi. Yakkanavoz,ansambl vaorkestr sozi sifatida ishlatiladi.Oʻzbekiston truba ijrochiligi va taʼlim tizimida V. Pulatov, V. Verigin, M. Muhiddinovlar tanilgan. Oʻzbek kompozitorlaridan S. Karimhoji (2 ta – 1967, 1968), M. Bafoyev (1979), P. Xoliqov (1987) va boshqalar truba uchun konsertlar yaratishgan[2].

Turlari

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Alt truba

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Alt truba (ruscha:„альтовая труба“;italyancha:„tromba“, „contr-alto“) – kam qoʻllanadigan truba turlaridan biri boʻlib, asosanfa (in F) yokisol (in G) sozlarida ishlatiladi. Ushbu cholgʻu asbobi notada yozilganidan sof kvinta yuqoriroq yoki sof kvarta pastroq yangraydi[3]. Ovoz hajmi kichik oktavadagi fa diyez notasidan, ikkinchi oktavadagifa vasol notasigacha boʻlgandiapazonni qamrab oladi. Notalar kalitoldi belgilarisiz skripka kalitida yoziladi.Simfonik orkestr partiturasida alt trubatrombondan keyin yoziladi[4].

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. Музыкальная энциклопедия 1981. sfn error: no target: CITEREFМузыкальная_энциклопедия1981 (help)
  2. „Truba“OʻzME.T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987. 
  4. I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet.ISBN 5-645-02422-2. 

Adabiyotlar

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Havolalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


MusiqaMusiqa haqidagi ushbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Tashqi havolalarBuni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Truba&oldid=5390209" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp