Traian Băsescu (talaffuzi:Trayan Besesku;4-noyabr1951, Konstan-sa uyezdining Bessarabi sh.) —Ruminiya Prezidentidir. Bungacha uBuxarest hokimi boʻlgan. Ruminiya davlat arbobi.
Fuqarolik dengiz kemachiligi instituti (1976) va Dengiz transporti akademiyasi (Norvegiya) (1995)ni tugatgan. 1976 yildan Ruminiya dengiz floti zobiti, 1981 yildan dengiz savdo kemasi kapitani, 1987 yildan Antverpen (Belgiya)dagi Ruminiya dengiz paroxodchiligining "Navrom" savdo agentligi boshligʻi, 1989 yildan Ruminiya transport vazirligida fu-qaro navigatsiyasi yoʻriqchilar kengashi bosh direktori, 1990 yildan ruminiya transport vazirligida dengiz transporti boshqarmasi boshligʻi, 1991-92 va 1996-2000 yillarda Ruminiya transport vaziri, 1992 yildan ruminiya Deputatlar palatasi (parlament) aʼzosi, sanoat va xizmat koʻrsa-tish masalalari boʻyicha parlament komissiyasi raisi oʻrinbosari, 2000 yil iyuldan Buxarest sh. merig2004 yil 12 dekabrdan Ruminiya prezidenti. 2001 yil maydan Ruminiya demokratik partiyasi raisi, 2004 yil Noyabr dan "Adolat va haqiqat" oʻng sentristik liberal-de-mokratik alyans hamraisi.