Tokelau (inglizcha:Tokelau) –Yangi Zelandiya tarkibiga kiruvchi hudud (qaram hudud). TokelauTinch okeanidaSamoaning shimoli-sharqida joylashgan 3 ta kichikoroldan iborat. Tokelau Yangi Zelandiya Qirolligi tarkibiga kiradi. 2006 va 2007-yillardagi referendum natijalariga koʻra, Tokelau Yangi Zelandiya tarkibiga kiruvchi oʻz oʻzini boshqaruvchi tizimga ega davlatga aylangan.
Polineziya tilidan tarjima qilingan Tokelau nomi „shimoliy shamol“ degan maʼnoni anglatadi. 1916-yilgacha bu hudud Yevropaliklarga „Birlashgan orollar“ („United islands“) nomi bilan maʼlum boʻlgan. 1949-yil 1-yanvarda Tokelau qonuni kuchga kirganidan soʻng, avvalgi nom ishlatilmaydigan boʻlib qoldi.
Tokelau orollari uzunligi 160 km dan ortiq boʻlgan uchtaatoldan – Atafu, Nukunonu va Fakaofodan iborat[1]. Tokelau Geografik va maʼmuriy jihatdanAmerika (Sharqiy) Samoaning bir qismi boʻlgan Swains Atollni ham oʻz ichiga oladi. Atollar katta halqa shaklidagi suv ostiriflaridan iborat boʻlib, ular ustida koʻplab kichikmarjon orollari koʻtariladi. Orollar dengiz sathidan atigi 3–4 m balandlikda joylashgan.
Orollar yuzasimarjon parchalari va marjon qumlaridan tashkil topgan. Serhosil boʻlmagankalkerlituproqlarda faqat pandanus, hindiston yongʻogʻi palmalari vabutalar oʻsadi.
Tokelau iqlimi doimo issiq, shamolli va namli.Dovullar dekabr-mart oylarida tez-tez uchraydi.
Tokelau hududi UTC+12 deb nomlangan vaqt mintaqasida joylashgan. Tokelau yozgi vaqtga oʻtmaydi. 2011-yilda Tokelau hukumati 2011-yil 30-dekabr kunini bekor qilishga qaror qildi (ular 29 dan zudlik bilan 31-dekabrga oʻtdi) va shu tariqa dekabrdan boshlab UTC-10 vaqt mintaqasini UTC+12 ga (Yangi Zelandiyaning Birlashgan vaqti) oʻzgartirishdi[2].
1889-yilda orollarBritaniya protektoratiga aylandi. 1916-yildan beri ular Gilbert va Ellis orollaridagi Britaniya mustamlakasi tarkibiga kiradilar. 1925-yilda ularYangi Zelandiya boshqaruviga oʻtkazildi.
Hozirgi vaqtda Tokelau Yangi Zelandiyaning mulki boʻlib, 1963 va 1999-yillar oraligʻida oʻzgartirilgan Tokelau qonuni bilan boshqariladi. Ushbu hujjatga koʻra, Yangi Zelandiya orollarning mudofaasini taʼminlaydi.
Davlat boshligʻi – Yangi Zelandiya monarxi boʻlib, mamlakatni 2018-yildan buyon Ross Ardern boshqaradi. 1952-yil 6-fevraldan Yelizaveta II Yangi Zelandiyamonarxi boʻlgan boʻlsa, 2022-yil 8-sentabrdan buyon uning oʻgʻli Charlz III monarx boʻlib kelmoqda.Hukumat rahbari Kelixiano Kalolo (2023-yil mart oyidan buyon ushbu lavozimda, hususan 2012-2013, 2019-2020 va 2021-2022 yillarda faoliyat koʻrsatgan) 3 ta atol boshliqlarini oʻz ichiga olganFaipule kengashini boshqaradi. Kengash hukumat funksiyalarini bajaradi. Shuningdek, uning tarkibiga barcha uch aholi punktining oqsoqollari ham kiradi.
Administrator Yangi Zelandiya tashqi ishlar va savdovaziri tomonidan tayinlanadi va hukumat boshligʻi atolllarning uchta boshligʻi orasidan bir yilga tayinlanadi.
Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palataliparlamentga tegishli (20-oʻrin) –General Fono. Atoll oqsoqollari kengashi (Taupulega) parlamentga vakillarni 3 yil muddatga saylaydi.
Orollar aholisi baliq ovlash va chet eldan qarindoshlari yuborgan mablagʻlar hisobidan kun kechiradi.Yangi Zelandiya katta moliyaviy yordam beradi. Daromadning bir qismipochta markalari va esdaliktangalari chiqarishdan tushadi[4]. Mamlakat daromadining muhim qismi„.tk“ milliy domen zonasidan tushadi. Ushbu domen zonasidagi reklama daromadlari hudud yalpi mahsulotining taxminan 20% ni tashkil qiladi[5][6].
2012-yilgacha elektr energiyasi dizel elektr stansiyalari yordamida ishlab chiqarilgan. Dizel yoqilgʻisini sotib olish har yili taxminan 1 million dollarni tashkil etardi. 2012-yil noyabr oyidan boshlab Tokelau orollari 100% quyosh energiyasiga oʻtdi. Loyiha qiymati 8,5 million dollarni tashkil etdi, shundan yetti millioni Yangi Zelandiya hukumati tomonidan ajratilgan[7].