Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Tiss

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tiss (Taxus) — zarnobdoshlaroilasiga mansubignabargli,doim yashil,ikki uyli, kamdankambir uyli oʻsimliklarturkumi. Ignabarglari ketma-ket joylashgan; toʻq yashil, yaltiroqboʻrtiqoʻzakli.Changchili boshoqchalari bitta, sharsimon.Qubbasi ham bitta; unda rezavor mevaga oʻxshash bir dona urugʻ boʻladi. 10turi maʼlum.Yevropa,Kichik vaSharqiy Osiyo,Kavkaz,Shimoliy Amerikada tarqalgan.Oʻzbekistonda rezavor yoki chirimaydigandaraxt (T. baccata) oʻstiriladi. Tissning yogʻochi qizgʻishjigarrang, yaltiroq oʻzakli, mustahkam, qattiq, ogʻir, yaxshi silliqlanadi, smola yoʻli boʻlmaydi. Fanera tayyorlash, suv inshootlari qurish va mashinasozlikda ishlatiladi.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Tiss&oldid=5327048" dan olindi
Turkum:
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp