Tipratikanlar,kirpilar (Erinaceidae) –hasharotxoʻrsut emizuvchilarturkumioilasi. Oyoqlari koʻpchiligida 5 barmoqli; yuqori, baʼzan pastki kurak tishlari yirik, yirtqich tishlariga oʻxshash. Teri osti muskullari yaxshi rivojlangan; ular qisqarishi tufayli tipratikanlar gavdasi sharsimon shaklga kiradi. 12–15 turi maʼlum.Yevropa,Osiyo vaAfrikada tarqalgan.Oʻzbekistonda 2turi: quloqdor tipratikanlar, qora ignali tipratikanlar uchraydi. Quloqdor tipratikanlar (tanasi 15–19 sm, qulogʻi uzun, korni mayin oq jun bilan qoplangan) Oʻzbekistonning hamma hududlarida tarqalgan. Qora ignali tipratikanlar (tanasi 22–27 sm, dumi 23–37 mm, tikanlari 4 sm cha, peshonasi tikansiz) Oʻzbekiston janubida –Jizzax,Qashqadaryo,Buxoro,Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. Qishki uyquga yotadi. Asosan,hasharotlar, shuningdek, maydaumurtqali hayvonlar (ilonlar), kamdan-kamoʻsimlikmahsulotlari bilan oziqlanadi.
Qishloq xoʻjaligi zararkunandalari – hasharotlarni yeb fonda keltiradi.