Timsohlar —suvda yashovchisudralib yuruvchilarturkumi.Tanasikaltakesakka oʻxshash,uzunligi 2–7 m, boshi yassilashgan,tumshugʻi uzun.Koʻzlari vaburun teshiklari boshi ustidan boʻrtib chiqib turadi. Burun vaquloq teshiklari suvda yopiladiganklapanlar bilan taʼminlangan.Ogʻiz boʻshligʻida ikkilamchi tanglay boʻladi.Tishlari yirik.Tili ogʻiz tubiga yopishgan.Dumi uzun va baland (ikki yondan yassilashgan). Orqaoyoqlaribarmoqlari orasida suzgich pardalari bor.Terisi qattiq va qalin, muguzsimon yirik plastinkalar bilan qoplangan.Muguz plastinkalar ostidasuyak plastinkalar joylashgʻan.Timsohlaryuragi 4 kamerali boʻlishi bilan boshqa sudralib yuruvchilardan farq qiladi.Oʻpkasi yaxshi rivojlangan.Erkaklari kloakasi orqa qismida toqjinsiy organ joylashgan.Alligatorlar,gaviallar va haqiqiy timsoxlaroilalariga boʻlinadi.
Timsohlar oilasiga 3urugʻ va 15 ga yaqintur kiradi, jumladan, nil timsohlari (uzunligi 7 m gacha)tropikAfrikadaryo,koʻl vabotqokliklarida; tarokli timsohlar (uzunligi 6 m gacha) Jan.SharqiyOsiyo,Malayya arxipelagi orollari,Shim.Avstraliya vaYangi Gvineyadagi daryolarning quyilish joylari vadengizsohillarida tarqalgan. Timsohlar hayotining koʻp qismini suvda oʻtkazadi; asosan, tunda faol.Balikdar,sut emizuvchilar,qushlar va suvumurtqasizlari bilanoziqlanadi. Nil Timsohlari va tarokdi timsohlar odam uchun xavfli. Urgʻochi timsohlarqirgʻokdagiqum yoki chiriyotganbarglar orasiga 20—100tuxum qoʻyadi; nasli toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi. Timsohlargoʻshti yeyiladi,terisidan qimmatbaho terigalantereya buyumlari tayyorlanadi. Koʻplab ovlanishi tufayli soni kamayib ketgan. 26 turi va kenja turi (jumladan, 15haqiqiy timsohlar) XalqaroQizil kitobga kiritilgan. Bir qancha mamlakatlar (AQSH,Kuba,Yaponiya,Keniya)da timsohlarni koʻpaytiradigan pitomniklar mavjud.