Tigra, haqiqiy ismiGrir Grant Nelson (inglizcha:Greer Grant Nelson) —Marvel Comics tomonidan nashr etilgan Amerika komikslaridagi oʻylab topilgan qahramon. DastlabThe Claws of the Cat #1da (1972-yil noyabr)Mushuk laqabli (inglizcha:Cat), yuqori texnologiyali gadjetlarga tayanadigan yaqin masofadagi jangchi sifatida taqdim etilgan[1]. Uni ssenarist Roy Tomas va rassom Uolli Vud (Mari Severin hissasi bilan) yaratgan va Linda Fayt qahramonning dastlabki sarguzashtlarini tasvirlab bergan[2].Giant-Size Creatures (1974-yil iyul) asarida Grir Nelson ssenarist Toni Izabella va rassom Don Perlin tomonidan yoʻlbars ayolga aylandi[3][4].
Comics Buyer’s Guide jurnali Yoʻlbars ayolni „Komikslardagi 100 ta eng seksual ayol“ roʻyxatida 61-oʻringa qoʻydi[5].
Komikslarda birinchi marta paydo boʻlganidan beri koʻp yillar davomida personaj boshqa media mahsulotlarida paydo boʻldi, jumladan: multseriallar, filmlar va videooʻyinlar.
- Lenor Zann 1999-yil „Qasoskorlar. Har doim birga“ filmida Yoʻlbars ayolga ovoz bergan, bu serialda qahramon Qasoskorlarning asosiy jamoa aʼzosi[6].
- Hulu ssenaristi va ijrochi produseri Erika Rivinoha va Chelsi Hendler boʻlishi kerak boʻlgan „Yoʻlbars ayol va Jonon“ multserialini chiqarishni maqsad qilgan. Qahramonlar MODOK, Hit-Manki va Govard oʻrdak bilan „Shturmoviklar“ animatsion krossoverida birlashishlari kerak edi[7]. Biroq, 2019-yil dekabr oyida Rivinoha va ssenaristlarning butun jamoasi ijodiy kelishmovchiliklar tufayli ishdan boʻshatildi, garchi Handler hali ham loyihani ishlab chiqishda qatnashayotgan boʻlsa ham[8]. 2020-yil yanvar oyida „Yoʻlbars ayol va Jonon“ va „Oʻrdak Govard“ multseriallari[9] bekor qilingani eʼlon qilindi.
"Qasoskorlar. Har doim birga" multserialidan Yoʻlbars ayol versiyasi 2022-yilda LizKakovski[6] tomonidan ovoz berilgan „Chip va Deyl yordamga shoshadi“[10] toʻliq metrajli filmida kameo sifatida paydo boʻladi.
- Yoʻlbars ayol "Ultimate Marvel vs.Capcom 3" 2011 oʻyinida Lochin koʻzi yakunida Gʻarbiy Sohil Qasoskorlari aʼzolaridan biri sifatida paydo boʻladi.
- Yoʻlbars ayol 2011-yilgi !Marvel Super Hero Squad Online"-dagi oʻyin qahramonlaridan biri.
- Yoʻlbars ayolFacebook uchun 2012-yilgiMarvel Avengers Alliance oʻyinida paydo boʻladi.
- 2016-yilgi "Lego Marvel’s Avengers" oʻyinida Yoʻlbars ayol oʻyin qahramonlardan biri.
- Bella Torn 2016-yilda "Marvel Avengers Academy"[11] mobil oʻyinida Yoʻlbars ayolga ovoz bergan.
- ↑The Marvel Encyclopedia. DK Publishing, 2019 — 381-bet.ISBN 978-1-4654-7890-0.
- ↑American Comic Book Chronicles: The 1970s. TwoMorrows Publishing, 2014 — 70-bet.ISBN 978-1605490564.
- ↑ Tigra (Greer Nelson). Marvel. Дата обращения: 22 мая 2022.
- ↑ Hernandez, Gab 10 Iconic West Coast Avengers, Ranked By Likability. Screen Rant (17 сентября 2021). Дата обращения: 22 мая 2022.
- ↑Frankenhoff, Brent. Comics Buyer's Guide Presents: 100 Sexiest Women in Comics. Krause Publications, 2011 — 42-bet.ISBN 1-4402-2988-0.
- ↑6,06,1„The Voices of Tigra“. Behind The Voice Actors. Qaraldi: 2022-yil 22-may.
- ↑Lesley Goldberg. „Marvel, Hulu Set Four-Show Animated Slate“. The Hollywood Reporter (2019-yil 11-fevral). Qaraldi: 2022-yil 22-may.
- ↑Goldberg, Lesley. „Marvel's Animated Hulu Comedy 'Tigra & Dazzler' on Pause Amid Creative Overhaul (Exclusive)“ (en).The Hollywood Reporter (2019-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 22-may.
- ↑Goldberg, Lesley „Marvel's 'Howard the Duck,' 'Tigra & Dazzler' Dead at Hulu“. The Hollywood Reporter (2020-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 22-may.
- ↑Kelley, Shamus „Chip ʻn Dale: Rescue Rangers Has the Best Marvel Easter Eggs“. Den of Geek (2022-yil 20-may). Qaraldi: 2022-yil 15-may.
- ↑Eric Goldman. „Marvel Avengers Academy Launches with an All-Star Cast“. IGN (2016-yil 4-fevral). Qaraldi: 2022-yil 22-may.