Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Theresa May

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Theresa May
Theresa Mary May
 76-Birlashgan Qirollik Bosh vaziri
 
Mansab davri
13-iyul2016-yil – 24-iyul2019-yilgacha
OʻtmishdoshiDavid Cameron
VorisiBoris Johnson
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi1-oktyabr1956-yil (1956-10-01) (69 yosh)
Istborn,Birlashgan Qirollik
Siyosiy partiyasiKonservatorlar partiyasi
DiniAnglikanizm

Theresa Mary May (oʻzb. Tereza Meri Mey, qizlik familiyasi Brasier,1-oktabr1956, Eastborn, Sharqiy Susseks,Buyuk Britaniyada tugʻilgan) — britaniyalik siyosatchi,Buyuk Britaniyaning 76-bosh vaziri (13-iyul2016-yildan 24-iyul 2019-yilgacha).Konservatorlar partiyasining11-iyul 2016-yildan beri rahbari, Ayyolar ishi va teng huquqligi boʻyicha vazir (2010 -2012) va ichki ishlar vaziri (2010-2016) boʻlgan.1997-yildan Jamoalar palatasi aʼzosi. Buyuk Britaniya tarixida ayol sifatida ikkinchi bosh vazir (Margaret Thatcherdan keying).

Hayoti

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Yoshligi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

Oksford universitetini geografiya bakalavr darajasi boʻyicha tamomlagan. Universtiteni tamomlagandan soʻng 1977-yildan 1983-yilgacha MayAngliya Bankida ishlagan. Shuningdek 1985-yildan 1997-yilgacha moliya maslahatchisi va xalqaro ishlar kliring toʻlovlari boʻyicha maslaxatchi boʻlib ishlagan[1].

Siyosiy mansabi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

1986 — 1994-yillari London Boro Mertonida deputat boʻlgan. 1992-yili parlament saylovlaridaNorth West Durham okrugidan va 1994-yili muddatidan oldin [[:en:Barking (UK Parliament constituency)|Barking]] okrugidan saylovda qatnashgan, ammo parlamentda joy olmagan.

1997-yildaJamoalar palatasida birinchi marotabaMaidenhead vaBerkshire okruglaridan saylangan va shu vaqtdan qayta saylanib kelgan.

1997—2002-yillari koservatorlar hukumatoda har xil lavozimlarni egalab kelgan. 2002-yilda May birinchi marta ayyol sifatidaKoservatolar partiyasining raisi boʻldi.

2003—2005-yillari transport vaziri va bir vaqtda oziq-ovqat va ekologiya vaziri bolʻgan. 2005-yili maydan dekabrgacha madaniyat vaziri, OAV va sport vaziri boʻlgan. 6-dekabr 2005-yili Jamoalar palatasining rahbari boʻlgan. 2009—2010-yillari ish va pensiya vaziri boʻlgan.

2010-yilgi saylovlardan soʻng ichki ishlar vaziri boʻlgan va bir vaqtda Ayyolar ishi va teng huquqligi boʻyicha vaziri boʻlgan. Shu lavozimda May bir jinsli oilalarga bir xil huquqlarga ega bolishi kerak deb aytgan va shu bilan u yuqori darajali Britaniya siyosatchilari aynalgan. U ochiq bir jinsli oilalarni qullab-quvatlagan[2][3].

Jamoalar palataida MayIroq urushida qatnashish uchun ovoz bergan, iqlim oʻzgarishi boʻyicha qonunlar chora koʻrishiga, Buyuk BritaniyaningYevropa Ittifoqiga birlanishi, jamoa joylarida chekish ruhsat berilishi, geylarga bolalarni oʻgil qilib olishga qarshi chiqqan[4][5][6][7].

Konservatorlar partiyasiga rahbarni saylash

[tahrir |manbasini tahrirlash]

2016-yilgiBuyuk BritaniyaYevropa Ittifoqidan chiqishi referendumida MayDavid Cameronni qoʻlab quvvatlagan vaBrexitga qarshi boʻlgan. Ammo referendumdaevroskeptiklar gʻalaba qozongandan soʻng va David Cameron istʻefoga chiqgandan keying, May Konservatorlar rahbari boʻlish uchun oʻzining nomzodini qoʻyibBirlashgan Qirollik Bosh Vaziri boʻldi[8].

5-iyul 2016-yili Theresa May birinchi bosqichdagi parlametariya-konservatorlar saylovida 165 ovoz toʻpladi. 7-iyulda konservatorlar partiyasi rahbari boʻlishi uchun ikkta ayyol finalga chiqda va Theresa May 199-ovoz toʻpladi Andrea Leadsom esa 84-ovoz toʻpladi. Bundan keying Theresa May bosh vazir nomzodi lavozimida boʻlishi mumkin boʻldi.

11-iyul 2016-yili Leadsom oʻz nomzodligini toʻxtatdi va May bir oʻzi nomzodligda qoldi. Biroz oʻtib u Konservatorlar partiyasi rahbari boldi. David Cameron 13-iyulda oʻz lavozimini Mayga berishi haqida aytdi.Yelizaveta II Cameronning isteʻfoga chiqishini tasdiqladi va Theresa Mayni bosh vazir deb eʻlon qildi. May oʻzining roziligini berdi va u Birlashgan Qirollikni bosh vaziri boʻldi.

9-iyun 2017-yiliParlament saylovlarida Konservatorlar partiyasi Theresa May rahbariyatchiligidaBirlashgan Qirollik Parlamentida koʻp joylarni yoʻqotdi. Partiya rahbariga qirolichaga borishga majbur boʻldi va qirolichadan yangi kabinet tuzishni ruhsat soʻradi. Konservatorlar partiyasi saylovlarda ozgina uztunlik bilan gʻalaba qozondi. Albatta oson boʻlmagan yangi koalitsiya tuzilishi boʻyicha muzokoralar boʻladi. Leyboristlar va Liberal-demokratlar Theresa Mayning isteʻfoga chiqishini xohladi. Leyboristlar rahbariJeremy Corbyn bu saylovda oʻzining partiyasi gʻalaba boʻldi deb aytdi. 29-iyun 2017-yili Theresa May isteʻdoga chiqishi toʻgʻrisida xabarlar paydo boʻldi va bu lavozimda uni Philip Hammond almashtirishi mumkin.

  • 2019-yil iyun oyidaBrexit masalasida yechim topa olmagach, iste'fo berishini e'lon qildi. 24-iyul kuni rasman iste'foga chiqdi[9]

Shaxsiy hayoti

[tahrir |manbasini tahrirlash]

1980-yildanPhilip May turmush ortogʻi, u 2016-yildanCapital Group Companies ishlaydi. Bolalari yoʻq.

Sogʻligʻi

[tahrir |manbasini tahrirlash]

2012-yili Theresa MaydaQandli diabetning 1-turi aniqlangan. U har kuni insulin qabul qilishi majbur[10].

Manbalar

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  1. http://www.itv.com/news/meridian/2016-07-07/theresa-may-then-and-now-as-she-makes-a-bid-for-prime-minister-we-look-at-her-first-foray-into-westminster/
  2. https://meduza.io/feature/2016/07/12/liberalizm-vo-vsem-krome-immigratsii
  3. http://www.pinknews.co.uk/2012/05/24/breaking-news-home-secretary-theresa-may-comes-out4marriage/
  4. http://www.theyworkforyou.com/mp/theresa_may/maidenhead
  5. http://www.ibtimes.co.uk/theresa-may-what-are-new-prime-ministers-views-brexit-human-rights-gay-marriage-more-1570209
  6. http://echo.msk.ru/programs/48minut/1796302-echo/
  7. arxiv nusxasi, 2016-07-15daasl nusxadan arxivlandi, qaraldi:2017-07-10
  8. http://ria.ru/world/20160630/1454695214.html
  9. https://m.kun.uz/news/2019/07/24/qirolicha-boris-jonsonni-bosh-vazir-etib-tayinladi-jonson-buyuk-britaniya-31-oktyabrda-yeidan-chiqib-ketishini-vada-qildi
  10. https://www.diabetes.org.uk/About_us/News/Balance-interview-with-Theresa-May/
Birlashgan Qirollik Bosh vaziri muhri
Tashqi havolalarBuni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Theresa_May&oldid=5274176" dan olindi
Turkumlar::
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp