Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Termizshohlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos,ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarnimunozara sahifasida muhokama qiling.
Bu maqolabirortaturkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling.(2025-02)
Bu maqoladaichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qoʻshibyordam qiling.(2025-02)

Termizshohlar — Termiz va uning viloyatini boshqargan merosiy hukmron sulola (mil. 5—7-asr oxirlari). Arablarning Shimoliy Toxaristonga qilgan yurishlari (7-asr oxiri — 8-asr boshi) munosabati bilan arabfors yozma manbalarida (Tabariy, Balozuriy, Ibn Xurdodbeh) qayd etilgan. Buddaviy rohib SyuanTSzan (taxminan 630-yil)ning maʼlumotiga koʻra, Tami (Termiz) mulki hududi gʻarbdan sharqqa tomon 600 li (180–300 km), shim.dan jan.ga tomon esa, 400 li (120–200 km) masofani tashkil etgan, yaʼni Termizdan tashqari Amudaryoning oʻng sohilidagi yerlarni ham qamragan. Shaharda buddaviylik hukmron mavqega ega boʻlib, unda 12 ta monastir va 1000 ga yaqin rohib, shuningdek, stupalar, budda haykallari boʻlgan. T. hokimiyat tepasiga mil. 5-asrda kelganlar, bunga ular zarb etgan mis tangalar guvoxlik beradi. Tangalar 7-asr oxiriga qadar zarb etilgan. T.ning etnik kelib chiqishi noaniq, eftaliylar yoxud kidariylar bilan bogʻliq boʻlishi extimol. 689—690 yillarda Termizni arablarning qaysiylar qabilasi sardori Muso ibn Abdulloh egallagan va shahardan termizshohni quvib yuborib, xalifalikdan ajrab chiqib, 15 yil mustaqil hokimlik qilgan. Termizshohning turkiylar yordamida taxtni qaytarib olish uchun qilgan harakatlari zoye ketgan. 704-yil Usmon ibn Masʼud 15 ming kishilik lashkar bilan kelib shaharni umavishar tobeligiga qaytarishga erishgan. T. hokimiyati xalifalik tomonidan nomigagina bir muncha muddat tiklangan, Termiz butunlay xalifalik tomonidan idora etiladigan boʻlgan, shahar arablarning asosiy tayanch punktiga aylangan.

Adabiyot

[tahrir |manbasini tahrirlash]
  • Bartold V. V., Termez, Sochineniya, t. 3, M., 1965; Pugachenkova G. A., Rtveladze E. V., Severnaya Baktriya — Toxaristan. Ocherki istorii i kulturi, T., 1990.

Edvard Rtveladze.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Termizshohlar&oldid=5398165" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp