Movatterモバイル変換


[0]ホーム

URL:


Kontent qismiga oʻtish
Vikipediya
Qidiruv

Tayga

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tayga — mo‘tadil mintaqaning igna bargli daraxtlardan iborat oʻrmonlari. Yevrosiyo, Shimoliy Amerikada katta maydonlarni egallagan. T.da daraxt turlari koʻp emas, oʻrmon manzarasi deyarli bir xil. Toʻshama oʻsimliklari kam. Yer yuzasi yashil yoʻsinlar bilan qoplangan. Tuprogʻi kulrang. T. daraxt turlariga qarab, yorugʻ T. oʻrmonlari va qorongʻi T. oʻrmonlariga boʻlinadi. Yorugʻ T. oʻrmonlaridaqaragʻay,tilogʻoch, qorongʻi T.daqora qaragʻay,oq qaragʻay,kedr o‘sadi. Qishi qattiq sovuq, yozda esa 10—20° atrofida boʻladi, yogʻin miqdori 300–600 mm, botqoqliklar bor. T. boshqa maʼnolarda ham qoʻllanadi: Sharqiy Sibirda bepoyon kimsasiz qalin oʻrmonlar, Oltoyda oʻrmon bilan qoplangan togʻlar, Tuvada yalangʻoch togʻ,Mangoliyada hayvonlar koʻp boʻlgan qalin oʻrmonlar tushuniladi.


Ushbu maqoladaOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.



Stub ikonaUshbu maqolachaladir. Siz uniboyitib,Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozanianiqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Tayga&oldid=4444378" dan olindi
Yashirin turkum:

[8]ページ先頭

©2009-2025 Movatter.jp